https://oz.sputniknews.uz/20210526/metroda-avariya-roy-berganda-yolovchiga-etkazilgan-zararni-qoplab-berish-taklif-qilindi-18920529.html
Metroda avariya ro‘y berganda yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplab berish taklif qilindi
Metroda avariya ro‘y berganda yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplab berish taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Keyingi vaqtlarda poytaxt aholisi yerosti transportida tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi buni hisobga olib qator... 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T14:24+0500
2021-05-26T14:24+0500
2021-05-26T14:30+0500
jamiyat
toshkent
metro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/06/14917193_0:32:3073:1760_1920x0_80_0_0_d9c29b533df7c68961d002f38b25a68f.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi metroda yo‘lovchilar tashishni tartibga solishga oid qator takliflar bilan chiqdi.Agentlik yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan metropolitenda yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaji tashish qoidalarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy hujjat shaklida tasdiqlash taklifini bildirmoqda.Yo‘lovchi-iste’molchilar bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, metropolitenda yo‘lovchi xavfsizligini ta’minlashning davlat kafolatlarini nazarda tutish rejalashtirilmoqda.Agentlik xizmat ko‘rsatish qoidalarini tushunarli yo‘lovchilarga yetkazishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ijrochi ishni shartnomada belgilangan muddatda bajarishi shart. Tashuvchining aybi bilan yo‘lovchi belgilangan manzilga yetkazib qo‘yish ta’minlanmagan taqdirda ijrochi yo‘lovchini boshqa transport vositasi orqali belgilangan manzilga yetkazib qo‘yish yoki to‘langan pulni qaytarish choralarini ko‘rishi shart.Eslatib o‘tamiz, keyingi vaqtlarda poytaxt aholisi yerosti transportida tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Masalan, kuni kecha metro poyezdi "Hamid Olimjon" bekatida to‘xtab qoldi, aprelda poyezd ochiq eshiklar bilan harakatlandi. Bundan tashqari, 28-aprel kuni tunnelda poyezd to‘xtab qoldi va yo‘lovchilar relslar orqali bekatga yetib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210429/toshkent-metrosida-yolovchilar-huquqlari-buzilayotgani-organilmoqda-18548532.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/06/14917193_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_3ac663ed96278895433d2a9bd71d1196.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, metro
Metroda avariya ro‘y berganda yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplab berish taklif qilindi
14:24 26.05.2021 (yangilandi: 14:30 26.05.2021) Keyingi vaqtlarda poytaxt aholisi yerosti transportida tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi buni hisobga olib qator takliflar bilan chiqdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi metroda yo‘lovchilar tashishni tartibga solishga oid qator takliflar bilan
chiqdi. Agentlik yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan metropolitenda yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaji tashish qoidalarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy hujjat shaklida tasdiqlash taklifini bildirmoqda.
Avariya va texnik nosozlik sababli xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganda yo‘lovchiga yetkazilgan zararlarni qoplab berishning aniq tartibi va mexanizmlarini ishlab chiqish taklif qilinmoqda.
Yo‘lovchi-iste’molchilar bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, metropolitenda yo‘lovchi xavfsizligini ta’minlashning davlat kafolatlarini nazarda tutish rejalashtirilmoqda.
Agentlik xizmat ko‘rsatish qoidalarini tushunarli yo‘lovchilarga yetkazishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ijrochi ishni shartnomada belgilangan muddatda bajarishi shart. Tashuvchining aybi bilan yo‘lovchi belgilangan manzilga yetkazib qo‘yish ta’minlanmagan taqdirda ijrochi yo‘lovchini boshqa transport vositasi orqali belgilangan manzilga yetkazib qo‘yish yoki to‘langan pulni qaytarish choralarini ko‘rishi shart.
Eslatib o‘tamiz, keyingi vaqtlarda poytaxt aholisi yerosti transportida tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Masalan, kuni kecha metro poyezdi "Hamid Olimjon" bekatida
to‘xtab qoldi, aprelda poyezd ochiq eshiklar bilan
harakatlandi. Bundan tashqari, 28-aprel kuni tunnelda poyezd to‘xtab qoldi va yo‘lovchilar relslar orqali bekatga
yetib oldi.