https://oz.sputniknews.uz/20210620/xorazmlik-ayol-bir-buyragini-turmush-ortogiga-berdi--19317742.html
Xorazmlik ayol bir buyragini turmush o‘rtog‘iga berdi
Xorazmlik ayol bir buyragini turmush o‘rtog‘iga berdi
Sputnik O‘zbekiston
Amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom etdi. Bog‘ot tumanilik 33 yashar Yulduz Ro‘zmetova o‘z turmush o‘rtog‘iga bir buyragini berdi. 20.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-20T10:46+0500
2021-06-20T10:46+0500
2021-06-20T10:46+0500
jamiyat
xorazm viloyati
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1d/18972493_0:189:3073:1917_1920x0_80_0_0_7f57b4f4eaa3bc9f2183e9a4014bc23a.jpg
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm viloyati filialida buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi xabar qildi.Murakkab amaliyot ilmiy markazining malakali mutaxassislari va mahalliy shifokorlar hamkorligida amalga oshirildi.Tibbiyot fanlari doktori Farhod Hojiboyev rahbarlik qilgan amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom etdi. Bog‘ot tumanilik 33 yashar Yulduz Ro‘zmetova o‘z turmush o‘rtog‘i 36 yashar Mardon Polvonovga bir buyragini berdi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Markaz bosh direktori Davron To‘laganovning so‘zlariga ko‘ra, markaz tomonidan qisqa vaqt ichida 137-marta o‘tkazilayotgan bunday noyob amaliyot ilk bor viloyatda bajarilishi tarixiy ahamiyatga ega.O‘z buyragini bergan ayolning ma’lum qilishicha, turmush o‘rtog‘i bir yildan buyon gemodializ muolajasi olib keladi. Tuman viloyat markaziga uzoqligi ancha noqulaylik tug‘dirardi. “Hatto xorijga borib davolatishga ham rozi edik. Dunyoda falon pul turadigan amaliyot viloyatimizning o‘zida bepul amalga oshirilganidan xursandmiz”, — deydi Yulduz.Mazkur filialda ikkinchi noyob amaliyotga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20191228/zbekistonda-donor-bluvchi-arindoshlar-rykhati-kengaytirildi-13122814.html
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1d/18972493_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_33f419fc069459983919683f96047281.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xorazm viloyati, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, xorazm viloyati, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Xorazmlik ayol bir buyragini turmush o‘rtog‘iga berdi
Amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom etdi. Bog‘ot tumanilik 33 yashar Yulduz Ro‘zmetova o‘z turmush o‘rtog‘iga bir buyragini berdi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm viloyati filialida buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi
xabar qildi.
Murakkab amaliyot ilmiy markazining malakali mutaxassislari va mahalliy shifokorlar hamkorligida amalga oshirildi.
Tibbiyot fanlari doktori Farhod Hojiboyev rahbarlik qilgan amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom etdi. Bog‘ot tumanilik 33 yashar Yulduz Ro‘zmetova o‘z turmush o‘rtog‘i 36 yashar Mardon Polvonovga bir buyragini berdi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
Markaz bosh direktori Davron To‘laganovning so‘zlariga ko‘ra, markaz tomonidan qisqa vaqt ichida 137-marta o‘tkazilayotgan bunday noyob amaliyot ilk bor viloyatda bajarilishi tarixiy ahamiyatga ega.
“Maqsadimiz chekka hududlar aholisini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yashash joyini o‘zida malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdir”, - deydi To‘laganov.
O‘z buyragini bergan ayolning ma’lum qilishicha, turmush o‘rtog‘i bir yildan buyon gemodializ muolajasi olib keladi. Tuman viloyat markaziga uzoqligi ancha noqulaylik tug‘dirardi.
“Hatto xorijga borib davolatishga ham rozi edik. Dunyoda falon pul turadigan amaliyot viloyatimizning o‘zida bepul amalga oshirilganidan xursandmiz”, — deydi Yulduz.
Mazkur filialda ikkinchi noyob amaliyotga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.