O‘zbekistonda donor bo‘luvchi qarindoshlar ro‘yxati kengaytirildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki
Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nikohlari qayd etilgan, kamida uch yil birga yashagan er-xotinlar, o‘gay aka-uka va opa-singillar, uch yil avval  qonuniy tartibda farzandlikka olingan bolalar tirik qarindosh donorlar bo‘lishlari mumkin.

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda donor bo‘luvchi qarindoshlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Sog‘liqni Saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Vrachi poyut dlya malishki, otdavshey vse svoi organi - trogatelnoe video - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng g‘amgin hikoya yoxud donor qizaloq uchun kuylangan qo‘shiq – video

Hujjatda qayd etilishicha, endilikda, tirik qarindoshlar o‘rtasidagi birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajada ajratilgan qarindoshlar donor bo‘lishlari mumkin.   

Bunda bolalar ota-onasiga nisbatan birinchi, nevara bobosi va buvisiga nisbatan, shuningdek, aka-uka va opa-singillar – ikkinchi, evara katta bobosi va katta buvisiga nisbatan, shuningdek, tog‘a va amaki, ammo va xola o‘z jiyanlari bilan uchinchi toifaga bo‘lingan  holda donor bo‘lishlari mumkin.   

Shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar to‘rtinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi.

Nikohlari qayd etilgan, kamida uch yil birga yashagan er-xotinlar va ularning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha qarindoshlari, o‘gay aka-uka va opa-singillar, uch yil avval  qonuniy tartibda farzandlikka olingan bolalar tirik qarindosh donorlar bo‘lishlari mumkin.

Bundan tashqari Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan bir qatorda, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand hamda Xorazm ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari ham transplantatsiya amaliyotlarini bajarish ruxsat etildi. 

Eslatib o‘tamiz, sal avval Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 230 dan ortiq buyrak, 6 ta jigar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida esa 68 ta buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazilgani haqida ma’lumot bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0