“Uzbekistan Airways” Toshkent va Dehli o‘rtasidagi parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda

© Sputnik / Idris Moxammed / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Indii v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Indii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
18 iyundan boshlab Toshkent va Dehli o‘rtasidagi aviaqatnovlar bekor qilinadi. Bunga Hindistondagi epidemiologik vaziyat sabab.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 18-iyundan Toshkent va Dehli o‘rtasidagi aviaqatnovlarni bekor qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Bu qarorni koronavirusga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasi Hindistondagi epidemiologik vaziyat sabab qabul qilgan.
“18 iyundan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ haftaning juma kunlari amalga oshiriladigan Toshkent–Dehli–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi”, - deyilgan xabarda.
Yo‘lovchilarga aviachipta pullari qaytarib beriladi.
Meditsinskiy sotrudnik nabirayet v shpris rossiyskuyu vaksinu Sputnik V (Gam-KOVID-Vak)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
“Sputnik V”ni yaratgan olimlar “hindcha shtamm”ga qarshi preparatni taqdim etadi
Hindistonda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus yuqtirib olganlar soni 29,5 milliondan oshgan. Shulardan 28,1 millioni sog‘aygan. 374 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.
Shuningdek, mamlakatda koronavirusni boshdan kechirganlarda mog‘or kasalligi aniqlanmoqda. “Qora”, “oq” va “sariq” mog‘orga “yashili” ham qo‘shilgan.
Yangiliklar lentasi
0