Tramp Rossiyani Jenevadagi sammitning yagona g‘olibi deb atadi

© REUTERS / JONATHAN DRAKEbivshiy prezident SShA Donald Tramp
bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
AQShning sobiq prezidenti Jenevadagi sammitdan faqat Rossiya yutdi deb hisoblaydi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashington Rossiya va Amerika yetakchilarining sammitidan hech narsa olmagani, Moskva uchun esa uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi.
“Biz hech narsa olmadik, Rossiyaga sahnani berdik, hech narsa olmadik”, - degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Sobiq prezident AQSh qilish muhim bo‘lgan “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtata olmaganini qo‘shimcha qildi.
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Putin va Bayden sammiti - onlayn-reportaj
Trampning fikriga ko‘ra, sammitdan Rossiya yutgan. “Men o‘ylaymanki, bu Rossiya uchun yaxshi kun bo‘ldi”, - dedi u.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning birinchi uchrashuvi 16-iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar tanaffusni inobatga olgan holda 4,5 soat davom etdi.
Yangiliklar lentasi
0