Amerika umidlari aldangan sammit

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Putin: O‘zini tutuish qoidalari haqida kelishib olish kerak, lekin bir tomon o‘zini ushbu qoidalarni belgilovchi deb hisoblasa - qanday kelishish mumkin?
Jeneva uchrashuvi kutilganidan yakunlandi: Putin va Bayden o‘zlari istagan gaplarni aytishdi va bir-birlarini tinglashdi, bo‘lib o‘tgan muzokaralar esa – konstruktiv va ijobiy deb tan olindi.
Biror sezilarli kelishuvlarga erishilmadi – elchilar qaytariladi, hibsga olinganlar almashinadi va qurol-yarog‘lar mavzusida “strategik barqarorlik borasida yaqin orada ikki tomonlama kompleks dialog boshlanadi”. Hammasi shumi? Ha, lekin aslida hech kim ushbu uchrashuvdan ko‘p narsa kutgani yo‘q edi.
Balkim kimdir kutgandir?
O‘z umidlarida aldanganlar topildi. Ikki prezidentning matbuot anjumanidan xulosa qilganda, aldanganlar – amerikaliklar. Bundan ularning OAVlari vakillari bergan savollarga asosan xulosa qilish mumkin. AQSh Rossiya siyosatini o‘zgartirishga umid qilishgandi. Bunday umidvorlar Oq uy yangi ma’muriyatida ham bor ekan. Balkim jamiyatda ham bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham jamiyat fikirini belgilaydigan OAVlar orasida shunday fikrdagilar bo‘lgani aniq. Ushbu g‘oyalar amerikalik jurnalistlarning Putinga bergan savollarida yaqqol bilindi: “Ukraina voqealari, kiberhujumlar bo‘ycha siz o‘zingizga javobgarlikni oldingizmi?” va ho kazo. Bu nima, bema’nilikmi?
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Anjumandan ketayotgan Bayden ortidan “Siz Putin o‘z xulqini o‘zgartiradi degandingiz, u barchasini inkor etib yana o‘z ishini davom ettirmoqda-ku!” deb baqirishganda u ortga qaytib bunga javob berishiga to‘g‘ri keldi. “Men bunday demagandim, bu butun dunyo bosimi ostida bo‘lishi mumkin degandim”, - deb javob berdi Bayden.
Xo‘sh amerikalik jurnalistlar va jamiyati ongida ushbu noto‘g‘ri umidlar qayerdan paydo bo‘ldi? Bu ularning elitalari boshida haliyam mavjud bo‘lgan, dunyoning buzib ko‘rsatilgan suratida aks etgan. Bu nimadan bilinadi?
Birinchidan, amerika isteblishmenti haligacha Amerika dunyo qoidalarini belgilayotganiga ishonadi. Ikkinchidan, ular Trampga qarshi kurash vaqtida o‘ylab topilgan uydirmalarga o‘zlari ham ishona boshlagan ko‘rinadi. Bular, Trampga qarshi qurol sifatida foydalanilgan, Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashishi va o‘z siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘lishi haqidagi uydirmalar. Endi bu yolg‘onni nima qilish kerakligi umuman tushunarsiz, Putinga emas – Baydenga.
Baydenning o‘zi ushbu uchrashuvni istagan edi – asosan ichki siyosiy sabablarga ko‘ra. Maqsad – o‘zining Trampga o‘xshamasligini ko‘rsatish, uning o‘ylab topilgan “xato” va “yo‘qotish”larini to‘g‘rilash.
Bayden “qattiqqo‘l Vladimir” bilan uchrashuvga yaxshi tayyorlandi, maslahatchilarni tingladi, hatto Xillari Klinton ham uni maqtagandi:
“Bu safar rejalashtrilgan tez qo‘l siqish, suratga tushmaslik, birgalikda matbuot anjumani uyushtirmaslik, - bularning barchasi aslida, biz nimani kutayotganimizni bildiruvchi, kuchli dipolmatik signaldir. Biz ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat kutayapmiz... “Vladimir, kel kelajakda nima qilishimiz haqida suhbatlashib olaylik. Biz senga nisbatan sanksiyaalar kiritgan edik. Agar bu seni to‘xtata olmasa, oqibati yanada yomon bo‘ladi”, - deb izoh berdi Xillari.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Putin va Bayden uchrashuvi - eng yorqin suratlar
Bayden matbuot anjumanida ma’lum qilishiga ko‘ra, “Putinga ishonch butun dunyoda kamayib borayotgan emish”, buning hayron qoladigan joyi yo‘q, “agar biz ham u qilgan ishlarni qilsak”, umuman, “Rossiya, dunyoda bo‘layotgan ishlar borasida o‘z hukmini o‘tkazishga haqqi yo‘q!”. Mayli, dunyoni qo‘ya turaylik, Bayden Putinga Rossiyada bo‘layotgan ishlar haqida gapirdi! Mana buni kuchli davlatning kuchli pozitsiyasi desa bo‘ladimi? Bayden Putinni o‘zi istagan kun tartibiga amal qildira oldimi?
Axir u Putinga “Agar u inson huquqlarini himoya qilmasa, o‘z xalqi ishonchiga ega bo‘lmasligini ma’lum qildi-ku?” Shu sababli ham Bayden jurnalist savoliga javob berarkan “Navalniy qamoqda vafot etsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytdi”. Putinga savol bergan Amerikalik jurnalistlarni ham ushbu mavzu juda qiziqtirgan edi. Buni hujumkor taktika desa bo‘ladimi?
Aksincha, o‘z maslahatchilarining gaplariga quloq solgan Bayden Putin bilan muzokaralarda Navalniy mavzusini ko‘tarib, mutlaq ma’nisiz taktikani tanladi. Chunki Rossiya buni faqat o‘z ichki ishlariga aralashish deb biladi. Shu gaplardan so‘ng Baydenning “Putin bizni hali ham uni lavozimidan tushirmoqchi deb hisoblaydi” degan gaplari g‘alati eshitiladi. Axir shaxsan Bayden 10-yil oldin vitse-prezidentlik davrida Kremlga qaytmaslikni maslahat bergan edi. Sanksiyalar ham Rossiya rivojlantirishini to‘xtatib turish uchun emas, “noto‘g‘ri xulqi uchun jazo sifatida” kiritilayotganini ham aytgandi.
Bunday oldi-qochdi gaplar bilan nafaqat Putinni, boshqa biror tuzukroq fikrlaydigan rusni ham ko‘ndira olmaysan. Navalniy borasida ham prezident to‘liq javob qaytardi.
“AQSh Kongressi 2017-yilda Rossiyani o‘z dushmani deb e’lon qildi. AQSh qonunchiligiga Qo‘shma Shtatlar bizning davlatimizda demokratiya va tartibni saqlab turishi kerakligi va siyosiy tashkilotlarn qo‘llab-quvvatlashi haqida qonun qabul qilishdi. Bu sizlarni, Amerikani qonuni. Keling endi o‘ylab ko‘raylik. Agar Rossiya dushman bo‘lsa, AQSh Rossiyada qanday tashkilotlarni qo‘llab quvvatlaydi? Har holda Rossiya Federatsiyasini mustahkamlaydigan tashkilotlarni bo‘lmasa kerak. Aksincha Rossiya rivojlanishini to‘xtatib turadigan tashkilotlarni bo‘lsa kerak. Bu - Amerikaning ochiq e’lon qilingan maqsadi. Demak ushbu tashkilotlar va odamlar Rossiya yo‘nalishida AQSh siyosatini o‘tkazishda yordam berishadi.
Biz bunga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? Ehtiyotkorona, munosabatda, deb o‘ylayman", - dedi Putin.
Demak, Navalniy mavzusini Putin bilan muhokama qilish – befoyda. Bu bilan Rossiyaga bosim o‘tkazib bo‘lmaydi. Balkim ushbu mavzu Baydenga ichki siyosat nuqtayi nazaridan kerak bo‘lgandir?
bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Tramp Rossiyani Jenevadagi sammitning yagona g‘olibi deb atadi
Bu ham noto‘g‘ri, chunki Putin AQShda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarni esga olib, darhol to‘pni uning maydoniga qaytardi. “O‘zingizda, yanvarda Kongressga hujum qilganlarga nima bo‘lgani esingizdami? AQShda Trampning tarafdorlari Rossiyada Navalniy tarafdorlariga qaraganda bir necha barobar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan. Ana shu faktning o‘zi ham Navalniy “kimning ta’sir agenti” ekanini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Xullas Navalniy mavzusi Baydenga foyda keltirmadi. Aksincha u Putinning sammitdagi asosiy vazifasi - Baydenni yaxshiroq tushunib olishni yengillashtirdi. Putin oldida 10-yil avval ko‘rgan, Amerika demokratiyasi an’analarini Rossiyaga misol qilib ko‘rsatgan odam turganiga amin bo‘ldi. Ya’ni, keng ma’noda - o‘tmish odami. Bu u bilan gaplashib bo‘lmaydi degani emas, albatta. Shunchaki Baydenning tasavvurlari Trampgacha bo‘lgan o‘tgan davrlar darajasida saqlanib qolganini bildiradi xolos.
Uchrashuvdan so‘ng ham hech qanday yangi illyuziyalar paydo bo‘lmadi. Menda oldin ham yo‘q edi, yangisi ham paydo bo‘lmadi. Hech qanday illyuziyalar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, - dedi Putin.
Ushbu uchrashuvda hech kim bir-biriga qizil chiziqlar belgilamadi, dedi Putin. Yana bir jurnalistning “Rossiyadan nima kutish noma’lumligicha qolayotgani” haqidagi savoliga, Putin keskin javob berdi: Biz o‘zimizni paydo bo‘layotgan xavflarga muvofiq tutmoqdamiz.<...> O‘zini tutuish qoidalari haqida kelishib olish kerak”.
Ha, lekin bir tomon o‘zini ushbu qoidalarni belgilovchi, boshqalarga o‘z amrini o‘tkazuvchi deb hisoblasa - ushbu qoidalar haqida qanday kelishib olish mumkin? Faqat xushmuomalalik bilan unga nohaq ekanini tushuntirish va o‘z manfaatlarini barcha yo‘llar bilan himoya qilish mumkin. Bu esa ko‘z o‘ngimizda va ishtirokimizda sodir bo‘layotgan davrlar almashuvini yaqinlashtiradi. Kazinoning “eski xo‘jayinlarini” yangi kuchlar muvozanatini va yangi qoidalarni qabul qilishga majbur qiladi.
Yangiliklar lentasi
0