https://oz.sputniknews.uz/20210617/aholining-jismoniy-tayyorgarlik-darajasini-baholash-tizimi-joriy-etiladi-19282797.html
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 17.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-17T14:26+0500
2021-06-17T14:26+0500
2023-04-05T15:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/952/67/9526723_0:17:1200:692_1920x0_80_0_0_b990a9165b3dfe7f2d7e57f432f2c2f1.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-avgustdan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi. Baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.Sport sinovlari 15 turdagi mashqlardan iborat bo‘ladi.Ishtirokchilarga 11 ta yosh toifasi bo‘yicha egallagan o‘rni va darajasiga qarab sport razradlari va unvonlari beriladi.Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Shuningdek, ular yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib 1-yil mobaynida quyidagi imtiyozlardan foydalanadi:- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat to‘lovining 50 foizini chegirma bilan to‘laydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;- maxsus talablarni bajargan g‘oliblarga (I o‘rin) “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga kiradi;- bepul tarzda davlat tuman (shahar) ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;- maxsus talablarni bajargan g‘oliblarga (I o‘rin) umumiy foydalanishdagi davlat yo‘lovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali to‘lov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno);- farzandlari yashayotgan joydagi maktab, bog‘cha, shuningdek, yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;- barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar taqdim etiladi;- respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (OTM sport yo‘nalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashg‘ulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashg‘ulotlardan ozod qilinishi) beriladi.2021 yil 1-avgustgacha sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) va yagona elektron bazasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210410/turizm-va-sport-vazirligiga-qator-tayinlovlar-amalga-oshirildi-18259312.html
https://oz.sputniknews.uz/20201012/Zhismoniy-tarbiya-va-sport-vaziriga-yangi-rinbosar-tayinlandi-15169629.html
https://oz.sputniknews.uz/20180925/Toshkentda-ommaviy-badantarbiya-mashgulotlari-otkazildi-9527386.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/952/67/9526723_128:0:1072:708_1920x0_80_0_0_b4987a26d1a4f6ddfe1c97c75f5095b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sport
jamiyat, o‘zbekiston, sport
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi
14:26 17.06.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-avgustdan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi.
Baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.
Sport sinovlari 15 turdagi mashqlardan iborat bo‘ladi.
Ishtirokchilarga 11 ta yosh toifasi bo‘yicha egallagan o‘rni va darajasiga qarab sport razradlari va unvonlari beriladi.
Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
Shuningdek, ular yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib 1-yil mobaynida quyidagi imtiyozlardan foydalanadi:
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat to‘lovining 50 foizini chegirma bilan to‘laydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;
- maxsus talablarni bajargan g‘oliblarga (I o‘rin) “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga kiradi;
- bepul tarzda davlat tuman (shahar) ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;
- maxsus talablarni bajargan g‘oliblarga (I o‘rin) umumiy foydalanishdagi davlat yo‘lovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali to‘lov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno);
- farzandlari yashayotgan joydagi maktab, bog‘cha, shuningdek, yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;
- barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar taqdim etiladi;
- respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (OTM sport yo‘nalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashg‘ulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashg‘ulotlardan ozod qilinishi) beriladi.
2021 yil 1-avgustgacha sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) va yagona elektron bazasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.