Toshkentda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentMassovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente
Massovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 25-sentabr erta tongdan Salomatlik maktablari qoshidagi “E’zozli ayollar” guruhlari a’zolarining badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Bugun, 25-sentabr erta tongdan poytaxt ko‘chalarida ommaviy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, deb xabar qildi Toshkent hokimligi.

“Poytaxt ko‘chalarida ommaviy ravishda badantarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanayotgan insonlarni ko‘rsangiz hech ham ajablanmang.

Poytaxtliklar o‘z salomatliklari yo‘lida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni kundalik odatga aylantirishmoqda.

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentMassovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente
Toshkentda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Massovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente

“Ana shunday mashg‘ulotlardan biri bugun, 25-sentabr erta tongdan Salomatlik maktablari qoshidagi “E’zozli ayollar” guruhlari a’zolarining badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. “Milliy bog‘” maydonidagi mashg‘ulotlarda 200 dan ortiq ayollar ishtirok etishdi. 7:30 da "Xalqlar do‘stligi" saroyi hududida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda esa 100 dan ziyod yoshlar faollik ko‘rsatishdi”, - deyilgan xabardi.

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentMassovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente
Toshkentda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Massovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, mutasaddi rahbarlarga  topshiriqlar berdi.

Korxonalar, ta’lim muassasalari, istirohat bog‘larida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish e’tibordan chetda qolib ketgani qayd etildi. Bunday mashqlarning inson salomatligi uchun foydaliligini targ‘ib qilish maqsadida doimiy ko‘rsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlab, televidenie orqali namoyish etish lozimligi ta’kidlandi. 

“Mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo‘yicha besh yillik milliy konsepsiya ishlab chiqish zarur. Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, sog‘lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish konsepsiyaning asosiy yo‘nalishi va natijasi bo‘lishi kerak,” – dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0