https://oz.sputniknews.uz/20210615/toshkent-bozorlaridagi-narxlarni-nazorat-qiluvchi-tizim-ishga-tushiriladi-19244144.html
Toshkent bozorlaridagi narxlarni nazorat qiluvchi tizim ishga tushiriladi
Toshkent bozorlaridagi narxlarni nazorat qiluvchi tizim ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini o‘z... 15.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-15T15:53+0500
2021-06-15T15:53+0500
2021-06-15T16:01+0500
iqtisod
toshkent
narx-navo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1084/34/10843411_0:151:3072:1879_1920x0_80_0_0_a53b0bfb8141098e94cf9664872b975b.jpg
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Toshkentning ikkita bozorida tajriba tariqasida yangi elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi va bu mahsulotlar narxi barqarorlashiga yordam berishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, ichki va tashqi bozorni meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda eng asosiy muammo bu ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida onlayn ma’lumot almashuvining mavjud emasligi.Bu muammoni hal etish uchun talab va taklif o‘rtasida muvozanatni saqlash, mahsulot yetishtiruvchi va xaridorlarni ulgurji bozorlarda kunlik shakllanayotgan narxlar bilan doimiy xabardor qilib borish bo‘yicha yangicha tizim yaratish va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar bildirildi.Shu bois Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori hamda Eski Juva dehqon bozorida bir oy ichida tajriba o‘tkaziladi. Bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini o‘z ichiga olgan dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Ularning narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida doimiy e’lon qilib boriladi. Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasida meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi va unga ta’sir etgan omillar haqida doimiy brifing o‘tkazib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201217/Mirziev-bozorlarda-narkh-navo-spekulyatsiyasining-atiy-oldini-olish-vazifasini-ydi-15614804.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1084/34/10843411_175:0:2906:2048_1920x0_80_0_0_d540c433abc0362eb2b1c041d9d93236.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, toshkent, narx-navo
iqtisod, toshkent, narx-navo
Toshkent bozorlaridagi narxlarni nazorat qiluvchi tizim ishga tushiriladi
15:53 15.06.2021 (yangilandi: 16:01 15.06.2021) Bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini o‘z ichiga olgan dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Toshkentning ikkita bozorida tajriba tariqasida yangi elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi va bu mahsulotlar narxi barqarorlashiga yordam berishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
xabar berdi.
Qayd etilishicha, ichki va tashqi bozorni meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda eng asosiy muammo bu ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida onlayn ma’lumot almashuvining mavjud emasligi.
Bu muammoni hal etish uchun talab va taklif o‘rtasida muvozanatni saqlash, mahsulot yetishtiruvchi va xaridorlarni ulgurji bozorlarda kunlik shakllanayotgan narxlar bilan doimiy xabardor qilib borish bo‘yicha yangicha tizim yaratish va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Shu bois Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori hamda Eski Juva dehqon bozorida bir oy ichida tajriba o‘tkaziladi. Bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini o‘z ichiga olgan dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi.
Ularning narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida doimiy e’lon qilib boriladi.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasida meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi va unga ta’sir etgan omillar haqida doimiy brifing o‘tkazib boriladi.