Senat O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2021
Obuna bo‘lish
Endilikda O‘zbekistonda o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi
TOShKENT, 29-may – Sputnik. Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida"gi Qonun muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston hududida 15-yil davomida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turib yashab kelayotgan shaxslarni O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish to‘g‘risida taklif bergan edi.
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2021
O‘zbekiston IIV ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslar borasida qo‘shimcha izoh berdi
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligidagi o‘zgartirishlar uni mukammallashtirish va soddalashtirishga, shuningdek, fuqarolikka doir shaxslarning huquq va erkinliklarini huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Shu bilan bir qatorda, milliy fuqarolik qonunchiligini rivojlanishi va doimiy ravishda takomillashib borishi zarurligi, mamlakatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ro‘y berayotgan islohotlar ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur.
Bugungi kunda fuqarolik sohasida olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan Respublikada fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda fuqarolikni olishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelmoqda edilar.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2020
O‘zbekistonda 15-yil muqim yashaganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik beriladi
Endi mazkur Qonun bilan qiyinchiliklar bartaraf etilmoqda.
Mazkur hujjat 2021-yil Davlat dasturi ijrosiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonunning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
Xususan, 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va muqaddam chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek, o‘n besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs moqomida yashab kelayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish mexanizmlari yaratiladi.
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2020
Rasman: 1995-yilga qadar O‘zbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Ta’kidlab o‘tish joizki, fuqarolikni tan olish instituti mutloqo yangi institut bo‘lib, MDHga a’zo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz hududida o‘n besh yil davomida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik olishni huquqiy asoslari yaratiladi va o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi.
Natijada, yuridik faktni sud tartibida tasdiqlash orqali, fuqarolik masalalari bo‘yicha shikoyat qiluvchi shaxslarning e’tirozlari kamayadi;
fuqarosizlikni qisqartirishni aniq amalga oshirish asnosida O‘zbekiston Respublikasining halqaro imidji yanada mustahkamlanadi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0