Rossiya

Moskva va Podmoskovyeda kovidga qarshi emlanganlar oʻrtasida avtomobil va uy oʻynaladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishNovыy dom
Novыy dom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskva hukumati koronavirusga qarshi emlanganlarni ragʻbatlantirish maqsadida yangi aktsiyani boshlab yubordi.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Moskvada COVID-19 ga qarshi emlanganlar oʻrtasida avtomobillar oʻynaladi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.
Yutuqli dasturda 18 yoshdan kattalar qatnashishi mumkin. Ular COVID-19 ga vaktsinaning birinchi komponentini olgan boʻlishlari kerak. Birinchi bosqich 14 iyundan 11 iyulga qadar boʻlib oʻtadi.
Har hafta narxi taxminan bir million rubl boʻlgan beshta mashina oʻynaladi. Qaysi rusumli mashinalar ekanligi ochiqlanmagan.
Kecha Moskvada pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori kasallanish koʻrsatgichlaridan biri qayd etildi – bir kunda 7704 kishida kovid aniqlandi. Shu bois shaharda qator cheklovlar kiritildi, xususan, umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyati cheklandi, ish beruvchilarga xodimlarining kamida 30 foizini masofaviy ish shakliga oʻtkazish tavsiya qilindi. Bundan tashqari, hukumat umumshahar bitiruv kechasini bekor qildi.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Rossiya
Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish keskin koʻpaymoqda
Podmoskovyeda ham koronavirusga qarshi emlanganlar oʻrtasida aktsiya boshlanadi. Vaktsinaning birinchi komponentini olganlar xonadonli boʻlishlari mumkin.
Buning uchun Moskva viloyati Sogʻliqni saqlash vazirligining emlash punktlarida 2021 yil 15 iyundan 25 iyunga qadar emlangan boʻlish kerak.
Yutuqli dasturda 18 yoshdan katta boʻlgan har bir Rossiya fuqarosi ishtirok etishi mumkin.
Qayd etish joizki, Moskva shahrida 27 apreldan koronavirusga qarshi emlangan 60 yoshdan yuqori boʻlganlar uchun “Millionta tuhfa” ragʻbatlantirish dasturi boshlangan. Koronavirusga qarshi emlangan keksa moskvaliklar qiymati 1000 rublga teng tuhfa kartasi yoki promokod olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0