Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish keskin ko‘paymoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya bolnix COVID-19
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada 15-fevraldan buyon eng yuqori ko‘rsatgich qayd etildi. Bir kunda 13 mingdan ziyod kishida koronavirus qayd etildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiyada o‘tgan kun davomida 13 510 ta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu 15-fevraldan buyon eng yuqori ko‘rsatgich.
Aniqlangan kasallanish holatlarining eng yuqori hissasi Moskva shahri (6701), Moskva viloyati (889) va Sankt-Peterburgga (867) to‘g‘ri kelmoqda.
Kecha 9 986 kishi koronavirusdan tuzalgan. Shu bilan birga, 399 bemor vafot etgan.
Moskvada COVID-19 ga qarshi emlangan keksalar rag‘batlantiriladi
Moskva meri Sergey Sobanin shaharda epidemiologik vaziyat og‘irlayotganini bildirib, lokdaun joriy etish rejalashtirilmayotganini aytdi. U moskvaliklar va shahar mehmonlarini Rospotrebnadzor talablariga rioya qilishga chaqirdi. Sobaninning so‘zlariga ko‘ra, emlanish pandemiyani yengeshning yo‘lidir. Shu bois u aholidan emlanishni ortga surmaslikni so‘radi.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Rossiyada 5,1 milliondan ziyod kishi virus yuqtirib olgan. Shulardan 4,7 milliondan ortig‘i shifo topgan. Jami 126 073 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0