https://oz.sputniknews.uz/20210608/sirdaryoda-murdasi-topilgan-deb-taxmin-qilingan-shaxs-tirik-bolib-chiqdi-19144389.html
Sirdaryoda murdasi topilgan deb taxmin qilingan shaxs tirik bo‘lib chiqdi
Sirdaryoda murdasi topilgan deb taxmin qilingan shaxs tirik bo‘lib chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100% kuyib ketgan jasad topilganligi ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T14:24+0500
2021-06-08T14:24+0500
2021-06-08T14:24+0500
hodisalar
o‘zbekiston
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/357/80/3578061_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_ac3f179d73d8737be63f5c4fcfe607b4.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100% kuyib ketgan jasad topilganligi ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, qotillik alomatlari (yonib ketgan) bo‘lgan noma’lum shaxs murdasi bilan birga “COBALT” rusumli avtomashinasi ham topilgan. Noma’lum murda mazkur avtomobilni ijara shartnomasi asosida haydab yurgan fuqaro Fayzullo P. ekanligi taxmin qilingan. Biroq jinoyat joyi ko‘zdan kechirilganda o‘sha yerda yotgan aroq shishasi idishidan boshqa bir shaxs — fuqaro Sergey S.ning barmoq izlari aniqlangan.Shundan so‘ng Sergey S.ning onasi va ukasi so‘roq qilingan. Yaqinlari tomondan marhumning doimiy ish joyi yo‘qligi, qurilish ishlarida yollanma ishchi bo‘lib ishlab yurishi, muqaddam o‘g‘irlik bilan sudlangani, muntazam ravishda spirtli ichimlik iste’mol qilishi, voqea sodir bo‘lgan kuni uydan chiqib ketib, qaytib kelmaganligi bayon etilgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida marhum deb taxmin qilingan Fayzullo P. aslida tirik bo‘lib, Ohangaron shahrida yashirinib yurganligi aniqlangan.Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Oxangaron shahridagi xonadonlarining birida yashiringan Fayzullo P. ushlangan.Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Fayzullo P. o‘z aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatmasida “COBALT” avtomashinasida Toshkent shahar hududida kirakashlik qilib yurganida ayrim fuqarolardan 4,1 ming AQSh dollarini aldab olgani, qarz bo‘lib qolgani, ularni qaytarishning imkoni bo‘lmagani sababli notanish shaxsni o‘ldirib, o‘zini o‘ldiga chiqarib ko‘rsatish rejasini tuzganligini bildirgan.F.P. 2021-yil 28-may kuni Uchtepa tumani, 20-mavzesida baklashka terib yurgan rus millatiga mansub, o‘ziga notanish shaxs - Sergey S.ni ko‘rib, unga ish taklif qilib, o‘zining boshqaruvidagi “COBALT”ga o‘tqazib, do‘kondan olingan aroqni ichirib, Sirdaryo viloyati hududidagi ovloqroq joyga olib kelgan hamda o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan. Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210608/ekstremistlar-rahnamosi-abdulloh-zufar-haqida-malumot-berganlar-mukofotlanadi-19138266.html
https://oz.sputniknews.uz/20210607/chorvoqda-ommaviy-mushtlashuv-roy-bergani-haqidagi-xabarga-munosabat-bildirildi-19119744.html
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/357/80/3578061_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_ae72ee4b104670eef2b4b787c5305ac3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , o‘zbekiston, sirdaryo
hodisalar , o‘zbekiston, sirdaryo
Sirdaryoda murdasi topilgan deb taxmin qilingan shaxs tirik bo‘lib chiqdi
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100% kuyib ketgan jasad topilganligi ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100% kuyib ketgan jasad topilganligi ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, qotillik alomatlari (yonib ketgan) bo‘lgan noma’lum shaxs murdasi bilan birga “COBALT” rusumli avtomashinasi ham topilgan. Noma’lum murda mazkur avtomobilni ijara shartnomasi asosida haydab yurgan fuqaro Fayzullo P. ekanligi taxmin qilingan. Biroq jinoyat joyi ko‘zdan kechirilganda o‘sha yerda yotgan aroq shishasi idishidan boshqa bir shaxs — fuqaro Sergey S.ning barmoq izlari aniqlangan.
Shundan so‘ng Sergey S.ning onasi va ukasi so‘roq qilingan. Yaqinlari tomondan marhumning doimiy ish joyi yo‘qligi, qurilish ishlarida yollanma ishchi bo‘lib ishlab yurishi, muqaddam o‘g‘irlik bilan sudlangani, muntazam ravishda spirtli ichimlik iste’mol qilishi, voqea sodir bo‘lgan kuni uydan chiqib ketib, qaytib kelmaganligi bayon etilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida marhum deb taxmin qilingan Fayzullo P. aslida tirik bo‘lib, Ohangaron shahrida yashirinib yurganligi aniqlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Oxangaron shahridagi xonadonlarining birida yashiringan Fayzullo P. ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Fayzullo P. o‘z aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatmasida “COBALT” avtomashinasida Toshkent shahar hududida kirakashlik qilib yurganida ayrim fuqarolardan 4,1 ming AQSh dollarini aldab olgani, qarz bo‘lib qolgani, ularni qaytarishning imkoni bo‘lmagani sababli notanish shaxsni o‘ldirib, o‘zini o‘ldiga chiqarib ko‘rsatish rejasini tuzganligini bildirgan.
F.P. 2021-yil 28-may kuni Uchtepa tumani, 20-mavzesida baklashka terib yurgan rus millatiga mansub, o‘ziga notanish shaxs - Sergey S.ni ko‘rib, unga ish taklif qilib, o‘zining boshqaruvidagi “COBALT”ga o‘tqazib, do‘kondan olingan aroqni ichirib, Sirdaryo viloyati hududidagi ovloqroq joyga olib kelgan hamda o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan.
Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.