https://oz.sputniknews.uz/20210608/ekstremistlar-rahnamosi-abdulloh-zufar-haqida-malumot-berganlar-mukofotlanadi-19138266.html
Ekstremistlar rahnamosi Abdulloh Zufar haqida ma’lumot berganlar mukofotlanadi
Ekstremistlar rahnamosi Abdulloh Zufar haqida ma’lumot berganlar mukofotlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Abdulloh Zufarning aksariyat ma’ruzalari O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan ag‘darishga xizmat qiluvchi va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan... 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T11:50+0500
2021-06-08T11:50+0500
2021-06-08T11:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
iiv
qidiruv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/793/40/7934019_0:66:2964:1733_1920x0_80_0_0_6d5615f076a8815142a3986549801f01.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. IIV ekstremistlarning g‘oyaviy rahnamolaridan biri, O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga da’vat qilgan Abdulloh Zufar haqida ma’lumot bergan shaxslar mukofotlanishini ma’lum qildi.Xabarda yozilishicha, aholi orasida Abdulloh Zufar nomi bilan tanilgan ekstremistlarning g‘oyaviy rahnamolaridan biri Zofir G‘afforov terroristik va ekstremistik tashkilotlarning aqidaparastlik g‘oyalarini fuqarolar o‘rtasida yoyishda Internet tarmog‘idan faol foydalanib kelmoqda.Uning noqonuniy targ‘ibot faoliyati natijasida fuqarolar, ayniqsa, yoshlar orasida terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatchilikni oshishiga, oilalar parokandaligiga, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyatlarga, farzandlarni qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarga chiqib ketishlariga asosiy sabab bo‘lmoqda.Ta’kidlanishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosalariga ko‘ra Abdulloh Zufarning aksariyat ma’ruzalari O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan ag‘darishga xizmat qiluvchi va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.Shu sababli fuqarolar Abdulloh Zufarning diniy ma’ruzalari aks etgan har qanday ko‘rinishdagi diniy materiallarni respublika hududiga olib kirishi, saqlashi (shu jumladan, kompyuter, noutbuk, telefon apparatlari va boshqa elektron ma’lumotlarni saqlash/tashish qurilmalarida) va tarqatishi (og‘zaki, yozma, elektron ko‘rinishda va h.k.) Jinoyat kodeksining 159, 244 prim 1 va 246-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka hamda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirilgan.Agarda yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etgan shaxslarning o‘zlari qidiruvda bo‘lsa, ularni jinoiy javobgarligini yengillashtirish va mamlakatga qaytarish choralari ko‘rib chiqiladi..Abdulloh Zufar haqida ma’lumotlarga ega shaxslar Ichki ishlar vazirligining 102 qisqa, (+998) 71 231-34-33 raqamlariga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.Vazirlik ma’lumot taqdim etgan shaxslarning maxfiyligi sir saqlanishiga kafolatlanishini eslatgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 10 nafar o‘zbekistonlikni qidiruvga bergan edi. Ular orasida Abdulloh Zufar (Zofir G‘afforov) ham bor.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/793/40/7934019_33:0:2964:2198_1920x0_80_0_0_e6528cc2540c4d0132fbe5d660ee1522.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, iiv, qidiruv
jamiyat, o‘zbekiston, iiv, qidiruv
Ekstremistlar rahnamosi Abdulloh Zufar haqida ma’lumot berganlar mukofotlanadi
Abdulloh Zufarning aksariyat ma’ruzalari O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan ag‘darishga xizmat qiluvchi va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan. Ularni respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. IIV ekstremistlarning g‘oyaviy rahnamolaridan biri, O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga da’vat qilgan Abdulloh Zufar haqida ma’lumot bergan shaxslar mukofotlanishini
ma’lum qildi. Xabarda yozilishicha, aholi orasida Abdulloh Zufar nomi bilan tanilgan ekstremistlarning g‘oyaviy rahnamolaridan biri Zofir G‘afforov terroristik va ekstremistik tashkilotlarning aqidaparastlik g‘oyalarini fuqarolar o‘rtasida yoyishda Internet tarmog‘idan faol foydalanib kelmoqda.
Uning noqonuniy targ‘ibot faoliyati natijasida fuqarolar, ayniqsa, yoshlar orasida terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatchilikni oshishiga, oilalar parokandaligiga, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyatlarga, farzandlarni qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarga chiqib ketishlariga asosiy sabab bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosalariga ko‘ra Abdulloh Zufarning aksariyat ma’ruzalari O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan ag‘darishga xizmat qiluvchi va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
Shu sababli fuqarolar Abdulloh Zufarning diniy ma’ruzalari aks etgan har qanday ko‘rinishdagi diniy materiallarni respublika hududiga olib kirishi, saqlashi (shu jumladan, kompyuter, noutbuk, telefon apparatlari va boshqa elektron ma’lumotlarni saqlash/tashish qurilmalarida) va tarqatishi (og‘zaki, yozma, elektron ko‘rinishda va h.k.) Jinoyat kodeksining 159, 244 prim 1 va 246-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka hamda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirilgan.
“Abdulloh Zufarga nisbatan respublikamiz huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, uning hozirgi kundagi aniq manzili, aloqa vositalari, jinoiy aloqalari hamda boshqa tergov uchun ahamiyatli ma’lumotlarni taqdim etgan shaxslarga, basharti ularning ma’lumotlari tasdiqlangan taqdirda amaldagi qonunchilikka asosan mukofot pullari taqdim etiladi”, - deyilgan xabarda.
Agarda yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etgan shaxslarning o‘zlari qidiruvda bo‘lsa, ularni jinoiy javobgarligini yengillashtirish va mamlakatga qaytarish choralari ko‘rib chiqiladi..
Abdulloh Zufar haqida ma’lumotlarga ega shaxslar Ichki ishlar vazirligining 102 qisqa, (+998) 71 231-34-33 raqamlariga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Vazirlik ma’lumot taqdim etgan shaxslarning maxfiyligi sir saqlanishiga kafolatlanishini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 10 nafar o‘zbekistonlikni qidiruvga
bergan edi. Ular orasida Abdulloh Zufar (Zofir G‘afforov) ham bor.