https://oz.sputniknews.uz/20210608/prezident-mirziyoev-sharafiga-dushanbeda-katta-kontsert-tashkillashtiriladi-19137146.html
Prezident Mirziyoyev sharafiga Dushanbeda katta konsert tashkillashtiriladi
Prezident Mirziyoyev sharafiga Dushanbeda katta konsert tashkillashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Konsertda 300ga yaqin mashhur tojik va o‘zbek san’atkorlari chiqish qiladilar 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T11:18+0500
2021-06-08T11:18+0500
2021-06-10T12:49+0500
o‘zbekiston-tojikiston
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/955/09/9550955_0:0:1201:676_1920x0_80_0_0_83289a4201522f2d51e54cda4991a8fb.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan Dushanbeda ikkala mamlakatning mashhur san’atkorlari ishtirokida katta "Do‘stlik oqshomi" deb nomlangan konsert tashkillashtiriladi.Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat Madaniyat vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda Tojikiston poytaxtiga 100 dan ortiq o‘zbek san’atkorlari, musiqachilari va raqqoslari yetib borishgan."Koxi Borbad" konsert zali sahnasida 150ga yaqin tojik ijrochilari chiqish qilishadi. Ular orasida Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova, Muxammadrafi Karomatullo va "Shashmaiom" bor.Tojikistonga O‘zbekiston xalq artistlari - Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekovlarning ham kelishi kutilmoqda.Konsertga O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakillari, Tojikiston hukumati va parlamenti vakillari ham taklif etiladi.Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri va Xo‘jand shaharlariga borishi rejalashtirilgan.Davlat rahbarlari ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210607/asadov-mirziyoevning-tojikistonga-tashrifidan-nimalar-kutilayotgani-haqida-gapirdi-19120907.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/955/09/9550955_43:0:1108:799_1920x0_80_0_0_b129036bc895e2fb0be680c74beb42d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston-tojikiston, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
o‘zbekiston-tojikiston, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
Prezident Mirziyoyev sharafiga Dushanbeda katta konsert tashkillashtiriladi
11:18 08.06.2021 (yangilandi: 12:49 10.06.2021) Konsertda 300ga yaqin mashhur tojik va o‘zbek san’atkorlari chiqish qiladilar
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan Dushanbeda ikkala mamlakatning mashhur san’atkorlari ishtirokida katta "Do‘stlik oqshomi" deb nomlangan konsert tashkillashtiriladi.
Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat Madaniyat vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda Tojikiston poytaxtiga 100 dan ortiq o‘zbek san’atkorlari, musiqachilari va raqqoslari yetib borishgan.
"Koxi Borbad" konsert zali sahnasida 150ga yaqin tojik ijrochilari chiqish qilishadi. Ular orasida Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova, Muxammadrafi Karomatullo va "Shashmaiom" bor.
Tojikistonga O‘zbekiston xalq artistlari - Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekovlarning ham kelishi kutilmoqda.
Konsertga O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakillari, Tojikiston hukumati va parlamenti vakillari ham taklif etiladi.
Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri va Xo‘jand shaharlariga borishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.