https://oz.sputniknews.uz/20210608/pokiston-aqshga-harbiy-bazalarni-taqdim-etishdan-bosh-tortdi-19145566.html
Pokiston AQShga harbiy bazalarni taqdim etishdan bosh tortdi
Pokiston AQShga harbiy bazalarni taqdim etishdan bosh tortdi
Sputnik O‘zbekiston
Sal avval AQSh ma’muriyati 1-may sanasida Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishni boshlab, ittifoqdoshlar bilan to‘liq muvofiqlashgan holda 11-sentabrgacha bu ishni... 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T15:23+0500
2021-06-08T15:23+0500
2021-06-08T15:23+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Pokiston o‘z harbiy bazalarini Afg‘onistondan harbiy kontingentni chiqarayotgan AQShga topshirishdan bosh tortdi, deb bayonot berdi Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Kurayshiy.Sal avval AQSh ma’muriyati 1-may sanasida Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishni boshlab, ittifoqdoshlar bilan to‘liq muvofiqlashgan holda 11-sentabrgacha bu ishni yakunlashi haqida e’lon qilgan edi.2020 yilda Qo‘shma Shtatlar va "Tolibon" radikal harakati Doxada 18-yil deganda birinchi marta tinchlik to‘g‘risida bitim imzolagan edilar.Ushbu bitim 14 oy ichida yaqin sharq mamlakatidan chet el qo‘shinini chiqarishni va o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlar aro muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi."Biz (Afg‘onistondagi) tinchlik jarayoni qo‘shinlarni olib chiqish bilan birga oldinga siljishini istaymiz. Dunyo Pokistonni muammoning bir bo‘lagi deb hisoblamaydi", - dedi u Geo News telekanaliga bergan intervyusida.Bir kun avval New York Times gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda AQSh ma’muriyati Pokiston hukumati bilan harbiy bazani taqdim etilishi borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar qilgan edi.Bu bazadan Afg‘onistondan amerika harbiylari chiqib ketgach, ushbu mamlakat bo‘ylab kontrterroristik zarbalarni beri shva razvedkaga oid ma’lumotlarni to‘plash uchun foydalaniladi.Shu bilan birga AQSh mudofaa vazirligi Pokiston bilan harbiy baza taqdim etilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi, idora ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda turli variantlarni izlash bo‘yicha ishlab olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210526/tolibon-afgoniston-qoshnilarini-oz-hududiga-xorijiy-bazalarni-joylashtirmaslikka-chaqirdi-18928265.html
https://oz.sputniknews.uz/20210531/nato-afgonistondan-qoshin-olib-chiqilgandan-song-kelgusi-rejalari-haqida-malum-qildi-19011863.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Pokiston AQShga harbiy bazalarni taqdim etishdan bosh tortdi
Sal avval AQSh ma’muriyati 1-may sanasida Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishni boshlab, ittifoqdoshlar bilan to‘liq muvofiqlashgan holda 11-sentabrgacha bu ishni yakunlashi haqida e’lon qilgan edi.
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Pokiston o‘z harbiy bazalarini Afg‘onistondan harbiy kontingentni chiqarayotgan AQShga topshirishdan bosh tortdi, deb bayonot berdi Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Kurayshiy.
Sal avval AQSh ma’muriyati 1-may sanasida Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishni boshlab, ittifoqdoshlar bilan to‘liq muvofiqlashgan holda 11-sentabrgacha bu ishni yakunlashi haqida e’lon qilgan edi.
2020 yilda Qo‘shma Shtatlar va "Tolibon" radikal harakati Doxada 18-yil deganda birinchi marta tinchlik to‘g‘risida bitim imzolagan edilar.
Ushbu bitim 14 oy ichida yaqin sharq mamlakatidan chet el qo‘shinini chiqarishni va o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlar aro muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.
"Biz (Afg‘onistondagi) tinchlik jarayoni qo‘shinlarni olib chiqish bilan birga oldinga siljishini istaymiz. Dunyo Pokistonni muammoning bir bo‘lagi deb hisoblamaydi", - dedi u Geo News telekanaliga bergan intervyusida.
Bir kun avval New York Times gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda AQSh ma’muriyati Pokiston hukumati bilan harbiy bazani taqdim etilishi borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar qilgan edi.
Bu bazadan Afg‘onistondan amerika harbiylari chiqib ketgach, ushbu mamlakat bo‘ylab kontrterroristik zarbalarni beri shva razvedkaga oid ma’lumotlarni to‘plash uchun foydalaniladi.
Shu bilan birga AQSh mudofaa vazirligi Pokiston bilan harbiy baza taqdim etilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi, idora ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda turli variantlarni izlash bo‘yicha ishlab olib borilmoqda.