O‘zbekiston va Tojikiston chegarada demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldi

© Sputnik / Boris Ushmaykin / Mediabankka o‘tishReka Sirdarya v rayone goroda Leninabada
Reka Sirdarya v rayone goroda Leninabada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Obuna bo‘lish
Xo‘janda o‘zbek-tojik chegarasida demarkatsiya ishlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. 17 – 22-may kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasi doirasidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Pogranichniki na slujbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi otradlar tashkil etiladi
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarida demarkatsiya ishlarini muhokama qildilar, demarkatsiya qilish liniyasi loyihasini hamda o‘zbek-tojik davlat chegarasida chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashdilar.
“Tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasida demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv do‘stona va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi”, - deyilgan xabarda.
Tadbir yakuni bo‘yicha Protokol imzolandi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali - o‘qing, izoh yozing va do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashing!
Yangiliklar lentasi
0