Maktabgacha ta’lim vazirligida vazir o‘rinbosarlari o‘zgardi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovChinovnik s portfelem
Chinovnik s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2021
Obuna bo‘lish
Uzoqboy Begimqulov va Bahodir Anorboyev maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozmiga tayinlandi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Bahodirjon Onorboyev tayinlandi.
Bahodir Onorboyev 2020-yilning iyulidan boshlab u Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Olis hududlarda 2 mingga yaqin oilaviy bog‘chalar tashkil qilinadi – prezident
Shuningdek, vazir o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Vazirning yangi o‘rinbosari lavozimiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Uzoqboy Begimqulov tayinlandi.
Uzoqboy Begimqulov 2017-yildan buyon oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0