Surxondaryoda zaytun plantatsiyalari barpo etiladi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishOlivki - plodi olivkovogo dereva
Olivki - plodi olivkovogo dereva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda qurilish materiallari, yengil, charm, oziq-ovqat, elektrotexnika sohalarni jadal rivojlantiriladi.
TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Termizda zaytun plantatsiyalari joriy etiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilgan tashrifi doirasida ma’lum bo‘ldi.
Termiz shahrida mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xabar qilinishiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 2021-2022 yillarda jami 16 trillion 800 milliard so‘mlimk investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihalarining 3 trillion 121 milliard so‘mligi qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltiriladi.

Xususan, 1 ming gektar issiqxonalar tashkil etishga 950 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Oltinsoy, Uzun, Bandixon, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Termiz va Sariosiyo tumanlarida zaytun plantatsiyalari, Sherobod, Muzrabot va Qiziriqda anorzorlar barpo etiladi, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari, prezident Surxondaryoda qurilish materiallari, yengil, charm, oziq-ovqat, elektrotexnika, mahalliy sanoat kabi “drayver” sohalarni jadal rivojlantirish kerakligi ta’kidladi.
Boysun, Sariosiyo, Sherobod tumanlarini qurilish materiallari, Qiziriqni yengil sanoat, Oltinsoyni oziq-ovqat, Angorni charm, Bandixon va Muzrabot tumanlarini mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, klasterlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial zonasi tashkil etilishi aytildi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu solnechnoy fotoelektricheskoy stansii v Sherabadskom rayone Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi
- Sizlar bilan uchrashib, muammolarni hal etish uchun kelganmiz. Bu tashrifga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rdik. Toshkentga bog‘liq masala qolmadi. Endi berilgan mablag‘ va tizimni aql bilan ishlatib, joylarda manzilli bajarish kerak. Men kuyib-pishganim bilan sizlar jon kuydirmasangiz, xalqning biri ikki bo‘lmaydi. Surxondaryoning ichki imkoniyatlaridan foydalansak, odamlarning dardiga darmon bo‘lish uchun hamma sharoit bor. Buning uchun sektor rahbarlari fidoyi bo‘lib, joyiga tushib, “mahallabay” tizimda ishlashi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bilan birga joriy yilda jamoat ishlari, kooperativ va tomorqa xo‘jaligida 50 ming nafar ishsizning bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Bunga Bandlikka ko‘maklashish va Jamoat ishlari jamg‘armalaridan 32 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0