https://oz.sputniknews.uz/20210601/shavkat-mirziyoev-sherobod-quyosh-elektr-stantsiyasi-qurilishini-boshlab-berdi-19024175.html
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Stansiya uchun 601 gektar maydon ajratilgan. Uni 2023-yil avgustda ishga tushirish rejalashtirilgan. 01.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-01T13:51+0500
2021-06-01T13:51+0500
2021-06-01T13:54+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
quyosh fotoelektr stansiyasi
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/01/19023471_24:73:1223:748_1920x0_80_0_0_dc44abf2f580f2e6b123222a73dfe87f.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Surxondaryo viloyatiga kelib, Sherobod tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.Loyiha doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini quradi. Shuningdek, 220 kVt kuchlanishli yangi nimstansiya va “Surxon” nimstansiyasiga ulanish uchun 52 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘i barpo etiladi.Stansiya uchun 601 gektar maydon ajratilgan. “Masdar” kompaniyasi 260 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi. Stansiyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 1,04 milliard kVt/soatni tashkil etadi. Buning natijasida yiliga 340 million kub metr tabiiy gaz tejalib, 300 mingta xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.Fotoelektr stansiyasi qurilishida ming kishi, bitganidan keyin 120 nafar mutaxassis ishlaydi. Ushbu yirik inshootni 2023-yil avgustda ishga tushirish rejalashtirilgan.Ushbu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish dasturining bir qismi hisoblanadi.Shuningdek, Samarqand va Jizzax viloyatlarida quvvati 200 megavattdan bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari, Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida quvvati 100 megavatli shamol elektr stansiyalari, Buxoro va Navoiyda umumiy quvvati bir yarim ming megavatt bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.O‘zbekiston 2030-yilga borib quyosh elektr stansiyalari quvvatlarini 5 ming, shamol elektr stansiyalarini 3 ming va gidroelektr stansiyalar quvvatini 4 ming megavattga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
https://oz.sputniknews.uz/20210421/quyosh-pul-tejashda-yordam-beradi--18431606.html
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/01/19023471_122:39:1069:749_1920x0_80_0_0_10e9863a4cc4e1c73baee4ee34ee2c61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, quyosh fotoelektr stansiyasi, surxondaryo
iqtisod, shavkat mirziyoyev, quyosh fotoelektr stansiyasi, surxondaryo
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi
13:51 01.06.2021 (yangilandi: 13:54 01.06.2021) Stansiya uchun 601 gektar maydon ajratilgan. Uni 2023-yil avgustda ishga tushirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Surxondaryo viloyatiga kelib, Sherobod tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi
qo‘ydi. Loyiha doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini quradi. Shuningdek, 220 kVt kuchlanishli yangi nimstansiya va “Surxon” nimstansiyasiga ulanish uchun 52 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘i barpo etiladi.
Stansiya uchun 601 gektar maydon ajratilgan. “Masdar” kompaniyasi 260 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi. Stansiyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 1,04 milliard kVt/soatni tashkil etadi.
Buning natijasida yiliga 340 million kub metr tabiiy gaz tejalib, 300 mingta xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Fotoelektr stansiyasi qurilishida ming kishi, bitganidan keyin 120 nafar mutaxassis ishlaydi. Ushbu yirik inshootni 2023-yil avgustda ishga tushirish rejalashtirilgan.
“Har bir kilovatt-soat elektr energiyasini 1,8 sent narxida sotib olish imkoniyati paydo bo‘lib, bu respublikamiz iqtisodiyoti uchun juda katta yutuq va aholiga yengillikdir” - dedi prezident.
Ushbu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish dasturining bir qismi hisoblanadi.
Shuningdek, Samarqand va Jizzax viloyatlarida quvvati 200 megavattdan bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari, Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida quvvati 100 megavatli shamol elektr stansiyalari, Buxoro va Navoiyda umumiy quvvati bir yarim ming megavatt bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
O‘zbekiston 2030-yilga borib quyosh elektr stansiyalari quvvatlarini 5 ming, shamol elektr stansiyalarini 3 ming va gidroelektr stansiyalar quvvatini 4 ming megavattga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.