Qirg‘iziston COVID bemorlarini “Qo‘rg‘oshinli zahar” bilan davolashni to‘xtatdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov Smertelno opasnim issik-kulskim kornem xotat lechit ot COVID
Smertelno opasnim issik-kulskim kornem xotat lechit ot COVID

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlarni Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlama bilan davolash to‘xtatildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni Issiqko‘l ildizi (akonit)dan tayyorlangan damlama bilan davolash to‘xtatildi.
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu klinik sinov jarayoni yakunlangani bilan bog‘liq.

“Biz damlamani yengil va o‘rta darajada kasallikka chalingan 400 nafar bemorga berdik. Klinik tadqiqotlar tugagandan so‘ng, akonit bilan davolash to‘xtatildi. Barcha olingan ma’lumotlar Rossiya va Qozog‘iston akademiklariga yuborildi. Hozir xulosani kutmoqmiz”, - dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida qo‘shni respublika SSV COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolangani haqida ma’lum qilgandi.
Prodaja Issik-Kulskogo kornya na rinke v Bishkeke. 17-aprelya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Bishkekda erkak “Issiqko‘l ildizi” damlamasidan zaharlandi
Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kasallikning dastlabki bosqichda "Issiqko‘l ildizi" yordamida koronavirusni davolash usuli topilgani haqida post qo‘yildi edi. Keyinchalik post o‘chirib tashlandi.
Shuningdek, 20-aprelda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamadan 63 yoshli bishkeklik zaharlangani haqida xabar berilgandi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0