https://oz.sputniknews.uz/20210420/bishkekda-erkak-issiqkol-ildizi-damlamasidan-zaharlandi-18415267.html
Bishkekda erkak “Issiqko‘l ildizi” damlamasidan zaharlandi
Bishkekda erkak “Issiqko‘l ildizi” damlamasidan zaharlandi
Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamani ichgan kishi zaharlandi. 20.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-20T16:16+0500
2021-04-20T16:16+0500
2021-04-20T16:21+0500
dunyoda
qirg‘iziston
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/14/18415376_0:167:3051:1883_1920x0_80_0_0_d7f4df951301d09eb787c73f3b755a55.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamadan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.Xabarda aytilishicha, 63 yoshli erkak zaharli o‘simlikdan tayyorlangan damlamani ichgan. Ayni damda bemor kasalxonaga yotqizilgan.O‘tgan haftada mamlakat prezidenti va sog‘liqni saqlash vaziri "Issiqko‘l ildizi bilan davolash"ni taklif qilingandi. Ularning fikriga ko‘ra, damlama yordamida "2-3 kun ichida bemor COVIDdan shifo topadi".Qirg‘iziston SSV 300 nafar kishi damlama bilan davolangani haqida xabar bergandi. O‘tgan juma kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani vaqtida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichgandi.Bir necha kundan so‘ng Sadir Japarovning "davolanishning mo‘’jizaviy usuli" haqida Facebookda qo‘yilgan postlari o‘chirib tashlandi. Parlamentning ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash masalari bo‘yicha qo‘mitasi Beyshenaliyevga ishonchsizlik bildirib, uni lavozimdan ozod etish to‘g‘risida bosh vazirga taklif yubordi.Issiqko‘l ildizi - zaharli o‘simlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.2007-2018 yillarda Qirg‘iziston OAVlari Issiqko‘l ildizi bilan zaharlanishdan ko‘plab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/14/18415376_160:0:2891:2048_1920x0_80_0_0_56a2b5db1973fe0e57a31ceb5be46c6a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, qirg‘iziston, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Bishkekda erkak “Issiqko‘l ildizi” damlamasidan zaharlandi
16:16 20.04.2021 (yangilandi: 16:21 20.04.2021) Bishkekda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamani ichgan kishi zaharlandi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamadan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda
Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 63 yoshli erkak zaharli o‘simlikdan tayyorlangan damlamani ichgan. Ayni damda bemor kasalxonaga yotqizilgan.
O‘tgan haftada mamlakat prezidenti va sog‘liqni saqlash vaziri "Issiqko‘l ildizi bilan davolash"ni taklif qilingandi. Ularning fikriga ko‘ra, damlama yordamida "2-3 kun ichida bemor COVIDdan shifo topadi".
Qirg‘iziston SSV 300 nafar kishi damlama bilan davolangani haqida xabar bergandi. O‘tgan juma kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani vaqtida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichgandi.
Bir necha kundan so‘ng Sadir Japarovning "davolanishning mo‘’jizaviy usuli" haqida Facebookda qo‘yilgan postlari o‘chirib tashlandi.
Parlamentning ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash masalari bo‘yicha qo‘mitasi Beyshenaliyevga ishonchsizlik bildirib, uni lavozimdan ozod etish to‘g‘risida bosh vazirga taklif yubordi.
Issiqko‘l ildizi - zaharli o‘simlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.
2007-2018 yillarda Qirg‘iziston OAVlari Issiqko‘l ildizi bilan zaharlanishdan ko‘plab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.