https://oz.sputniknews.uz/20210603/prezident-kortej-avtomobillarining-termizdagi-ythga-aloqasi-yoq--yhxbb--19074959.html
Prezident kortej avtomobillarining Termizdagi YTHga aloqasi yo‘q – YHXBB
Prezident kortej avtomobillarining Termizdagi YTHga aloqasi yo‘q – YHXBB
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ko‘cha supurayotgan ayolni urib yuborgani aytilgan xabarga izoh berildi. 03.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-03T16:56+0500
2021-06-03T16:56+0500
2021-06-03T17:00+0500
hodisalar
yth
termiz
surxondaryo
yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/736/67/7366772_0:123:2592:1581_1920x0_80_0_0_80021402aed2592d7342ec85f142a0ea.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ko‘cha supurayotgan ayolni urib yuborgani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident tashrifi vaqtida ko‘cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqalgan edi.Aniqlanishicha, 1-iyun kuni soat 07:30 larda “Kaptiva” haydovchisi E.B. Termiz shahri “Shodlik” mahallasida piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda ketayotgan P.R.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborgan. YTH A.Temur ko‘chasining Barkamol avlod markaziy ko‘chasi bilan kesishgan joyida ro‘y bergan.Natijada fuqaro P.R. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210601/yangi-ishchi-guruhi-yollardagi-muammolarni-bartaraf-etish-choralarini-koradi-19033911.html
termiz
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/736/67/7366772_139:0:2443:1728_1920x0_80_0_0_a894e4c8c2a56f214e7337a1f8cecb4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , yth, termiz, surxondaryo, yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
hodisalar , yth, termiz, surxondaryo, yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (yhxbb)
Prezident kortej avtomobillarining Termizdagi YTHga aloqasi yo‘q – YHXBB
16:56 03.06.2021 (yangilandi: 17:00 03.06.2021) Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ko‘cha supurayotgan ayolni urib yuborgani aytilgan xabarga izoh berildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ko‘cha supurayotgan ayolni urib yuborgani aytilgan xabar yuzasidan
munosabat bildirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident tashrifi vaqtida ko‘cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, 1-iyun kuni soat 07:30 larda “Kaptiva” haydovchisi E.B. Termiz shahri “Shodlik” mahallasida piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda ketayotgan P.R.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborgan. YTH A.Temur ko‘chasining Barkamol avlod markaziy ko‘chasi bilan kesishgan joyida ro‘y bergan.
Natijada fuqaro P.R. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
“Mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo‘qligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol Avlod ko‘chalarining kesishmasida kortej harakatlanmaganligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.