https://oz.sputniknews.uz/20210601/yangi-ishchi-guruhi-yollardagi-muammolarni-bartaraf-etish-choralarini-koradi-19033911.html
Yangi ishchi guruhi yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi
Yangi ishchi guruhi yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Ishchi guruh alohida e’tibor yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaratadi. 01.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-01T18:41+0500
2021-06-01T18:41+0500
2021-06-01T18:43+0500
jamiyat
yth
avariya
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15661568_0:157:3073:1885_1920x0_80_0_0_0a8b9d9b74e9ec3af1d51581c37618bf.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.Ta’kidlanishicha, guruh yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olishning bugungi kundagi holatini kompleks ravishda o‘rganadi. Ilg‘or xorijiy tajribasi va ilmiy yondashuvlarni qo‘llash asosida normativ-huquqiy va manzilli tashkiliy-amaliy choralarni ishlab chiqadi.Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘riladigan kompleks chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka axborot beriladi. Fuqarolar bildirgan takliflar sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210524/angrendagi-ayanchli-yth-tafsilotlari-ochiqlandi-18883205.html
https://oz.sputniknews.uz/20210422/ozbekistonda-yomon-yollar-sabab-qariyb-2-yil-ichida-191-kishi-halok-bolgan-18452034.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15661568_136:0:2867:2048_1920x0_80_0_0_39174c24c22e0471e1ba4cd51ffa60bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yth, avariya, iiv
jamiyat, yth, avariya, iiv
Yangi ishchi guruhi yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi
18:41 01.06.2021 (yangilandi: 18:43 01.06.2021) Ishchi guruh alohida e’tibor yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaratadi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar qildi.
Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, guruh yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olishning bugungi kundagi holatini kompleks ravishda o‘rganadi. Ilg‘or xorijiy tajribasi va ilmiy yondashuvlarni qo‘llash asosida normativ-huquqiy va manzilli tashkiliy-amaliy choralarni ishlab chiqadi.
Alohida e’tibor yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq jiddiy muammolar – yo‘llarning holati, piyodalar o‘tish joyi, yo‘l belgilari, tartibga solinmagan chorrahalar va boshqalarga qaratiladi. Ularni tubdan yaxshilash bo‘yicha har tomonlama choralar ko‘riladi.
Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘riladigan kompleks chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka axborot beriladi. Fuqarolar bildirgan takliflar sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi.