https://oz.sputniknews.uz/20210603/insoniyatga-suv-tanqisligini-bashorat-qilishdi-19079335.html
Insoniyatga suv tanqisligini bashorat qilishdi
Insoniyatga suv tanqisligini bashorat qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqot Nature jurnalida chop etilgan. Mutaxassislar 393ta daryo holatiga baho berishgan, ularning aksariyati mo‘’tadil kengliklarda joylashgan. 03.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-03T18:58+0500
2021-06-03T18:58+0500
2021-06-03T18:58+0500
dunyoda
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/17/14610056_0:96:3299:1952_1920x0_80_0_0_5b8a6a23996e254d7ecb375546139f87.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Renseller (AQSh) Politexnika institutining bir guruh olimlari chuchuk suvli darolarda global isish templari jadallashuvi tufayli yuz berayotgan kislorod darajasi pasayishi holatini qayd etdilar.Tadqiqot Nature jurnalida chop etilgan. Mutaxassislar 393ta daryo holatiga baho berishgan, ularning aksariyati mo‘’tadil kengliklarda joylashgan. Ish davomida 1941-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar hisobga olingan.Aniq bo‘lishicha, darolar Tinch okeaniga qaraganda kislorodni 2,75-9,3 marta tezroq yo‘qotadilar, bu esa ularning ekotizimlari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Xususan, 1980-yildan buyon tadqiq qilingan suv havzalarida kislorod darajasi sathda 5,5 %, tubda esa 18,6 %ga pasaygan.Chuchuk suv temperaturasining o‘n yil davomida 0,38 °C ko‘tarilishi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi ekspertlar.Global isishning bunday oqibatlari ko‘k-yashil suv o‘simliklari ko‘payishiga zamin yaratadi, bu o‘simliklar chiqaradigan toksinlar esa chuchuk suvda yashovchi tirik organizmlar uchun xavflidir.Kislorod darajasining pasayishi anaerob bakteriyalar ko‘payishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Ular tomonidan ajrab chiqariladigan metan parnik gazlari tashlanmalarini oshiradi, bu esa iqlim o‘zgarishi templarini tezlashishiga olib keladi.Shu tariqa, havo haroratining isishi ichimlik suvi zaxiralari pasayib ketishi va chuchu suv ekotizimlari balansi buzilishiga olib kelishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210303/Rim-papasi-butun-dunni-yana-suv-bosishini-bashorat-ildi-16115104.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/17/14610056_284:0:3015:2048_1920x0_80_0_0_6ce8cd83fd96996d1192abc01c6ad390.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, suv
Insoniyatga suv tanqisligini bashorat qilishdi
Tadqiqot Nature jurnalida chop etilgan. Mutaxassislar 393ta daryo holatiga baho berishgan, ularning aksariyati mo‘’tadil kengliklarda joylashgan.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Renseller (AQSh) Politexnika institutining bir guruh olimlari chuchuk suvli darolarda global isish templari jadallashuvi tufayli yuz berayotgan kislorod darajasi pasayishi holatini qayd etdilar.
Tadqiqot Nature jurnalida chop etilgan. Mutaxassislar 393ta daryo holatiga baho berishgan, ularning aksariyati mo‘’tadil kengliklarda joylashgan. Ish davomida 1941-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar hisobga olingan.
Aniq bo‘lishicha, darolar Tinch okeaniga qaraganda kislorodni 2,75-9,3 marta tezroq yo‘qotadilar, bu esa ularning ekotizimlari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xususan, 1980-yildan buyon tadqiq qilingan suv havzalarida kislorod darajasi sathda 5,5 %, tubda esa 18,6 %ga pasaygan.
Chuchuk suv temperaturasining o‘n yil davomida 0,38 °C ko‘tarilishi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi ekspertlar.
Global isishning bunday oqibatlari ko‘k-yashil suv o‘simliklari ko‘payishiga zamin yaratadi, bu o‘simliklar chiqaradigan toksinlar esa chuchuk suvda yashovchi tirik organizmlar uchun xavflidir.
Kislorod darajasining pasayishi anaerob bakteriyalar ko‘payishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Ular tomonidan ajrab chiqariladigan metan parnik gazlari tashlanmalarini oshiradi, bu esa iqlim o‘zgarishi templarini tezlashishiga olib keladi.
Shu tariqa, havo haroratining isishi ichimlik suvi zaxiralari pasayib ketishi va chuchu suv ekotizimlari balansi buzilishiga olib kelishi mumkin.