Rim papasi butun dunyoni yana suv bosishini bashorat qildi

© Sputnik / Aleks Pansikov / Mediabankka o‘tishPapa rimskiy Fransisk
Papa rimskiy Fransisk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Pontifik Noy o‘zining ezgu ishlari tufayli suv bosganda omon qolishga muvaffaq bo‘lganini eslatib, fuqarolar va siyosatchilarni aql bilan ish qilishga chorladi
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Insoniyat dunyoni suv bosishi hodisasini boshdan kechirishi mumkin, dedi Rim papasi Fransisk.
Uning aytishicha, bu fojia turli davlatlarning yetakchilari global isishga qarshi kurish uchun choralarni ko‘rmaydigan taqdirda yuz beradi.
"Agar biz shu yo‘ldan boraversak, u (butunjahon suv bosishi — Sputnik) yuz beradi", – deya iqtibos keltiradi Rim papasi so‘zlaridan Corriere della Sera nashri.
Pontifik Noy faqat o‘zining ezgu-amallari tufayli dunyoni suv bosganda omon qolganini eslatib o‘tdi. U "voqealarga, dunyoga va uning muammolariga xayrixoh bo‘lgan holda" hamjihatlikda harakatlanish kerakligini ta’kidlab, fuqarolar va siyosatchilarni aql bilan ish tutishga chaqirdi.
Sal avval pontifik maxsus fikr-mulohazalar yili haqida e’lon qilgan edi. Rim papasi bu yilni tez orada - 2021-yilning 19-martida ochib berishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0