https://oz.sputniknews.uz/20210602/olik-mavsum-evropa-rossiya-tufayli-milliardlab-dollar-yoqotdi-19050980.html
O‘lik mavsum: Yevropa Rossiya tufayli milliardlab dollar yo‘qotdi
O‘lik mavsum: Yevropa Rossiya tufayli milliardlab dollar yo‘qotdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroittifoqi imkon qadar turistlar uchun tezroq ochilishga intilmoqda. Ammo hali ham Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshilmayapti. 02.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-02T16:22+0500
2021-06-02T16:22+0500
2023-04-05T18:33+0500
kolumnistlar
yevropa ittifoqi
sayyohlar
turizm
yevropa
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/14/15443643_0:132:2373:1467_1920x0_80_0_0_9785135a821b8abec989b17b2d6c10f1.jpg
Demak, bu yil ham o‘tgan yili kabi, rossiyaliklar sarf qilishi mumkin bo‘lgan o‘nlab milliardni yo‘qotadi. Mehmonxona va otel rahbarlari kelajakdagi pul yo‘qotishlarni hisoblab chiqayotgan vaqtda Yevropa regulyatorlari Moskva o‘zining geosiyosiy ta’sirini kuchaytiradi, deb hadiksiramoqda. Germaniyada ular siyosatni unutishni va burokratik rasmiyatchiliklarga tezda barham berishni ma’qul ko‘rishdi - yozda “Sputnik V” yetkazib berilishi kutishgan edi.Vaqtni cho‘zishmoqdaGarchi “Sputnik V” rasmiy ravishda dunyoning 46 davlatida tan olingan bo‘lsa-da, ular orasida faqat ikkita Yevropa davlatlari - Vengriya va Slovakiya bor. Yevropa tibbiyot agentligi (EMA) Dori-darmonlarni tibbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi 4-mart kuni Rossiya vaksinasining ro‘yxatga olish hujjatlarini izchil ekspertizadan o‘tkazishni boshladi. Ammo masala joyidan siljimadi.Moskva ular ataylab kechiktirishmoqda, degan fikrga amin bo‘ldi. Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ta’kidlaganidek, YeMA bu borada "Yevropa Ittifoqining yuqori idoralaridan signallar" oldi.Mart oyida Reuters agentligiga ko‘ra, YeI Rossiya preparatini yetkazib berishga "istalmagan rejimning propadanda harakati sifatida" qarshilik qilmoqda. Garchi patent olinmagan vaksinalarni sotib olish taqiqlanmagan.G‘arbiy ekspertlar fevral oyidanoq Moskva va Pekinning "vaksina diplomatiyasi" haqida gapira boshladilar. Rossiya va Xitoy dunyo bo‘ylab geosiyosiy ta’sirini kengaytirish uchun o‘z preparatlarini sotish va ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, deb hisoblashmoqda YeIda.Biroq, Reuters diplomatik va rasmiy manbalarga asoslanib xabar berishicha, yevropaliklar asta-sekin "Sputnik ekspansiyasi"ga razm solishni boshlashgandi. Axir 450 million kishi emlanishi kerak-ku, vaksinalar esa yetarli emas.Iqtisodiy zararni hisoblashdiYeI davlatlari emlangan sayyohlar uchun chegarani ochmoqda, ammo rossiyaliklar – odatga ko‘ra eng saxiy turistlardan biri - ular orasida yo‘q. Yevropa bozori bundan mamnun emasligi aniq.BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilgi iqtisodiy inqirozdan oldin rossiyaliklar har yili chet elda 50 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashgan, bu ko‘rsatkich bilan birinchi beshlikka kirishgan.Pandemiyagacha bo‘lgan yana bir tadqiqot - Visa Global Travel Intentions ma’lumotlariga ko‘ra, rus sayohatchisi chet elda ta’tilga o‘rtacha 1 676 dollar, yevropalik esa 1174 dollar sarflaydi. Prognozlarga ko‘ra yaqin ikki yil ichida o‘rtacha ko‘rsatkich 36 foizga - 2443 dollarigacha oshishi kerak edi. Bundan tashqari, Rossiyadan kelgan sayyohlar besh foizga ko‘proq, Saudiya Arabistonidan o‘nga kamroq xarajat qilishadi, yevropaliklar esa budjetni beshdan biriga qisqartiradi.Ammo 2020-yilda bozor bu pullarni ko‘rmadi, hammasini pandemiya yutib yubordi. Jahon turizmidagi o‘tgan yilgi yo‘qotishlar - butun tarixdagi eng rekord darajani ko‘rsatdi. Daromad 1,3 trillion dollarga kamaydi, bu 2009-yildagi inqirozga qaraganda 11 baravar ko‘p, deya ta’kidladi UNWTO.Xususan, Yevropaga sayyohlar oqimi 70 foizga kamaydi. U yerda sayohatlar sonining maksimal darajada pasayishi - 500 mln.Siyosat haqida unutishAjablanarli joyi yo‘q, bu soha yo‘qotilgan foydani qaytarishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi ijrochi direktorining so‘zlariga ko‘ra, turizmning misli ko‘rilmagan zararini iloji boricha tezroq qoplash kerak. Shuning uchun har qanday mamlakatdan kelgan fuqarolarga, agar ular BSST va YeMA tomonidan tasdiqlangan vaksina bilan emlangan bo‘lsa kirishga ruxsat berish tavsiya etildi. Hozircha ro‘yxatda Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson va AstraZeneca. Navbatda - Xitoyning Sinovac vaksinasi.Rossiyaliklar va Yevropa sayyohlik sanoatining “Sputnik V”ni qabul qilishga bo‘lgan umidlari oqlanadimi - bu ochiq savol. Bu yil Yevropa mehmonxonalari va restoranlari saxiy rossiyalik mehmonlarsiz ishlashga to‘g‘ri keladi.Eng ajablanarli tomoni - YeI ishonchli va xavfsiz vaksinani sotib olishga tayyor. Biroq, Brussel bunga yo‘l qo‘ymayapti. Yorqin misoli - Germaniya. Aprel oyida Bavariya bosh vaziri Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan “Sputnik V”ni sotib olish to‘g‘risida memorandum imzolagandi. Birinchi partiya iyul oyida kutilgan edi, endi esa kamida kuzgacha kutishlari kerak. Bavariya bosh vaziri Yevroittifoqi rasmiylarini ushbu preparatni iloji boricha tezroq tasdiqlash va siyosiy sabablarga ko‘ra protsedurani kechiktirmaslikka chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210508/wsj-evropa-aqshdan-afgonistondan-qoshinlarni-chiqarishga-shoshmaslikni-soramoqda-18642180.html
https://oz.sputniknews.uz/20210412/rossiya-va-aqsh-evropa-bozorini-talashmoqda-gaz-omborini-kim-toldiradi-18288158.html
https://oz.sputniknews.uz/20210219/Rossiya-va-Evropa-Ittifoi-azhrashish-muarrarmi--16043182.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/14/15443643_122:0:2251:1597_1920x0_80_0_0_7b6b73fd3e4fa17e258086c62cef36e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, yevropa ittifoqi, sayyohlar, turizm, yevropa, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, rossiya
kolumnistlar, yevropa ittifoqi, sayyohlar, turizm, yevropa, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, rossiya
O‘lik mavsum: Yevropa Rossiya tufayli milliardlab dollar yo‘qotdi
16:22 02.06.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Yevroittifoqi imkon qadar turistlar uchun tezroq ochilishga intilmoqda. Ammo hali ham Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshilmayapti.
Demak, bu yil ham o‘tgan yili kabi, rossiyaliklar sarf qilishi mumkin bo‘lgan o‘nlab milliardni yo‘qotadi. Mehmonxona va otel rahbarlari kelajakdagi pul yo‘qotishlarni hisoblab chiqayotgan vaqtda Yevropa regulyatorlari Moskva o‘zining geosiyosiy ta’sirini kuchaytiradi, deb hadiksiramoqda. Germaniyada ular siyosatni unutishni va burokratik rasmiyatchiliklarga tezda barham berishni ma’qul ko‘rishdi - yozda “Sputnik V” yetkazib berilishi kutishgan edi.
Garchi “Sputnik V” rasmiy ravishda dunyoning 46 davlatida tan olingan bo‘lsa-da, ular orasida faqat ikkita Yevropa davlatlari - Vengriya va Slovakiya bor. Yevropa tibbiyot agentligi (EMA) Dori-darmonlarni tibbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi 4-mart kuni Rossiya vaksinasining ro‘yxatga olish hujjatlarini izchil ekspertizadan o‘tkazishni boshladi. Ammo masala joyidan siljimadi.
Moskva ular ataylab kechiktirishmoqda, degan fikrga amin bo‘ldi. Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ta’kidlaganidek, YeMA bu borada "Yevropa Ittifoqining yuqori idoralaridan signallar" oldi.
Mart oyida Reuters agentligiga ko‘ra, YeI Rossiya preparatini yetkazib berishga "istalmagan rejimning propadanda harakati sifatida" qarshilik qilmoqda. Garchi patent olinmagan vaksinalarni sotib olish taqiqlanmagan.
G‘arbiy ekspertlar fevral oyidanoq Moskva va Pekinning "vaksina diplomatiyasi" haqida gapira boshladilar. Rossiya va Xitoy dunyo bo‘ylab geosiyosiy ta’sirini kengaytirish uchun o‘z preparatlarini sotish va ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, deb hisoblashmoqda YeIda.
Biroq, Reuters diplomatik va rasmiy manbalarga asoslanib xabar berishicha, yevropaliklar asta-sekin "Sputnik ekspansiyasi"ga razm solishni boshlashgandi. Axir 450 million kishi emlanishi kerak-ku, vaksinalar esa yetarli emas.
Iqtisodiy zararni hisoblashdi
YeI davlatlari emlangan sayyohlar uchun chegarani ochmoqda, ammo rossiyaliklar – odatga ko‘ra eng saxiy turistlardan biri - ular orasida yo‘q. Yevropa bozori bundan mamnun emasligi aniq.
BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilgi iqtisodiy inqirozdan oldin rossiyaliklar har yili chet elda 50 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashgan, bu ko‘rsatkich bilan birinchi beshlikka kirishgan.
Pandemiyagacha bo‘lgan yana bir tadqiqot - Visa Global Travel Intentions ma’lumotlariga ko‘ra, rus sayohatchisi chet elda ta’tilga o‘rtacha 1 676 dollar, yevropalik esa 1174 dollar sarflaydi. Prognozlarga ko‘ra yaqin ikki yil ichida o‘rtacha ko‘rsatkich 36 foizga - 2443 dollarigacha oshishi kerak edi. Bundan tashqari, Rossiyadan kelgan sayyohlar besh foizga ko‘proq, Saudiya Arabistonidan o‘nga kamroq xarajat qilishadi, yevropaliklar esa budjetni beshdan biriga qisqartiradi.
Ammo 2020-yilda bozor bu pullarni ko‘rmadi, hammasini pandemiya yutib yubordi. Jahon turizmidagi o‘tgan yilgi yo‘qotishlar - butun tarixdagi eng rekord darajani ko‘rsatdi. Daromad 1,3 trillion dollarga kamaydi, bu 2009-yildagi inqirozga qaraganda 11 baravar ko‘p, deya ta’kidladi UNWTO.
Xususan, Yevropaga sayyohlar oqimi 70 foizga kamaydi. U yerda sayohatlar sonining maksimal darajada pasayishi - 500 mln.
Ajablanarli joyi yo‘q, bu soha yo‘qotilgan foydani qaytarishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi ijrochi direktorining so‘zlariga ko‘ra, turizmning misli ko‘rilmagan zararini iloji boricha tezroq qoplash kerak. Shuning uchun har qanday mamlakatdan kelgan fuqarolarga, agar ular BSST va YeMA tomonidan tasdiqlangan vaksina bilan emlangan bo‘lsa kirishga ruxsat berish tavsiya etildi. Hozircha ro‘yxatda Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson va AstraZeneca. Navbatda - Xitoyning Sinovac vaksinasi.
Rossiyaliklar va Yevropa sayyohlik sanoatining “Sputnik V”ni qabul qilishga bo‘lgan umidlari oqlanadimi - bu ochiq savol. Bu yil Yevropa mehmonxonalari va restoranlari saxiy rossiyalik mehmonlarsiz ishlashga to‘g‘ri keladi.
Eng ajablanarli tomoni - YeI ishonchli va xavfsiz vaksinani sotib olishga tayyor. Biroq, Brussel bunga yo‘l qo‘ymayapti. Yorqin misoli - Germaniya. Aprel oyida Bavariya bosh vaziri Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan “Sputnik V”ni sotib olish to‘g‘risida memorandum imzolagandi. Birinchi partiya iyul oyida kutilgan edi, endi esa kamida kuzgacha kutishlari kerak. Bavariya bosh vaziri Yevroittifoqi rasmiylarini ushbu preparatni iloji boricha tezroq tasdiqlash va siyosiy sabablarga ko‘ra protsedurani kechiktirmaslikka chaqirdi.