Mail.ru va Twitter kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirishga oid ko‘rsatma berildi

© Sputnik
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, "VKontakte", Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda
TOShKENT, 31may — Sputnik. “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi bir qator mediagigantlarga ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.
Gap Mail.ru Group (“Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘i), Twitter Inc (Twitter) hamda Tencent-Inc (WeChat) haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, bu kompaniyalar respublika fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonuniy talablariga zid ravishda ishlov berilmoqda.
A man types on a computer keyboard  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi
Xususan, ular O‘zbekistonning “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 27−1-moddasini buzishgan.
Yuqoridagi kompaniyalarga O‘zbekiston qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Facebook Inc Google, Mail.ru, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter va Yandex kompaniyalariga serverlarini mamlakatga ko‘chirishga oid talabnomalar yuborgan edi. Mazkur tartib 16-apreldan o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0