https://oz.sputniknews.uz/20210126/zbekiston-fuarolarining-shakhsiy-malumotlarini-mamlakatda-salash-mazhburiy-bladi-15868297.html
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
15 apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur bo‘ladi. 26.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-26T13:25+0500
2021-01-26T13:25+0500
2021-01-26T13:25+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588136_0:138:3000:1826_1920x0_80_0_0_878173e79266e701ea8294755693b794.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 15-apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli qonunga imzo chekdi.Hujjat 27-1 modda — "O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning alohida shartlari" bilan to‘ldirilgan.O‘zgartirishlarga ko‘ra:
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan, internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.
O‘zgartirishlar uch oy ichida, ya’ni 15-apreldan boshlab kuchga kiradi.“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun 2019-yilning yanvarida qabul qilingan va o‘sha yilning 1-oktabridan kuchga kirgan.Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588136_192:0:2809:1963_1920x0_80_0_0_d9c832f33c6cf7e7e600aa7eb7fbcbf9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi
15 apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur bo‘ladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 15-apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli
qonunga imzo chekdi.
Hujjat 27-1 modda — "O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning alohida shartlari" bilan to‘ldirilgan.
- O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
- ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan, internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
- ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.
O‘zgartirishlar uch oy ichida, ya’ni 15-apreldan boshlab kuchga kiradi.
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun 2019-yilning yanvarida qabul qilingan va o‘sha yilning 1-oktabridan
kuchga kirgan.Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.