Gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOKGimnastka iz Uzbekistana Sabina Tashkenbayeva zavoyevala litsenziyu na Olimpiadu v Tokio
Gimnastka iz Uzbekistana Sabina Tashkenbayeva zavoyevala litsenziyu na Olimpiadu v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
Bu badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan birinchi litsenziyadir.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Italiyaning Pesaro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, barcha bosqichlar yakuni bo‘yicha Toshkenboyeva 130 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu litsenziya uchun kurashayotgan sportchilar orasida ikkinchi ko‘rsatkich: Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) – 145, Sabina Toshkenboyeva (O‘zbekiston) – 130, Chisaki Oiva (Yaponiya) – 118.
“Bu badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan birinchi litsenziya hisoblanadi”, - deyilgan xabarda.
Taekvondisti Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
O‘zbekistonlik taekvondochilar ilk bor to‘liq tarkibda Olimpiadada qatnashadi
Ta’kidlanishicha, oldinda guruh mashqi bo‘yicha o‘zbekistonlik gimnastikachilarni Toshkentda o‘tadigan litsenzion Osiyo chempionati kutib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0