O‘zbekistonlik taekvondochilar ilk bor to‘liq tarkibda Olimpiadada qatnashadi

© Press-slujba Minturizma i sportaTaekvondisti Uzbekistana
Taekvondisti Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga o‘zbekistonlik taekvondochilar mamlakat tarixida ilk bor to‘liq tarkibda yo‘l oladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo qit’asi taekvondochilari uchun Tokio-2020 uchun litsenzion turnir o‘tkazildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 21-may kungi bahslarda Nigora Tursunqulova va Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 litsenziyasiga ega chiqqan, 22-may kuni o‘tkazilgan yuqori vaznli taekvondochilar bahslarida Svetlana Osipova olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan.
Shu tariqa taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, natijada o‘z tarixida ilk bor to‘liq tarkib bilan Olimpiadada qatnashadigan bo‘ldi.
Yana bir ishtirokchi Nikita Rafalovich esa Xalqaro taekvondo federatsiyasi (WT)ning 2020-yil 1-yanvarda e’lon qilgan reytingiga ko‘ra olimpiada litsenziyasiga ega bo‘lgandi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olgan o‘zbekistonlik taekvondochilarning to‘liq tarkibi:
-68 kg: Ulug‘bek Rashidov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Qayd etish joizki, Nigora Tursunqulova uchun bu faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi. U 17 yoshida Rio—2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.
Talisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Tokio Olimpiadasi boshlanishiga 100 kun qoldi
Yangiliklar lentasi
0