Senat "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishZolotie bankovskie slitki
Zolotie bankovskie slitki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2021
Obuna bo‘lish
Qonun avvalo mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
TOShKENT, 29-may - Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqib, ma’qulladilar.
Qonun avvalo mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Zoloto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2019
Qimmatbaho metall qazib olish uchun litsenziya berish tartibi tasdiqlandi
Qolaversa, ushbu hujjat zargarlik buyumlari asillik darajasini belgilash va tamg‘alash tizimini, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish tartib-taomillarini davlat-xususiy sheriklik mexanizmini qo‘llagan holda takomillashtirishga ham yo‘naltirilgan.
Qonunda qabul qilinishi qimmatbaho metallar va toshlar muomalasi sohasidagi davlat organlari, boshqa ishtirokchilarning vakolatlari va javobgarlik sohasini aniq belgilanishi tarmoqqa investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, raqobat muhitini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratadi.
Krupneyshiy rozoviy brilliant, izvestniy kak Unikalniy rozoviy (Unique Pink) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Endi zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotish mumkin
Xususan, Qonunga binoan ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki 50 foizdan kam davlat ulishi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga qimmatbaho metallar va toshlarni sarflash, hisobga olish va saqlash tartibini mustaqil belgilash huquqi berilmoqda.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash masalalari ham qonunda batafsil o‘z ifodasini topgan.
Qonunni ishlab chiqishda Belorusiya, Hindiston, Kanada, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Italiya va Turkiya hamda Vena konvensiyasini ratifikatsiya qilgan 19 ta davlatning ilg‘or tajribasi o‘rganib chiqilgan.
Shuningdek Qonun xususiy sektorning qimmatbaho metallar aylanmasida o‘z faoliyatini ochiq, shaffof olib borishiga imkoniyat yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0