https://oz.sputniknews.uz/20210224/Endi-zargarlik-buyumlarini-elektron-tizhorat-orali-sotish-mumkin-16066643.html
Endi zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotish mumkin
Endi zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan zargarlik buyumlarini elektron... 24.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-24T14:07+0500
2021-02-24T14:07+0500
2021-02-24T14:07+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/282/80/2828014_0:191:3499:2171_1920x0_80_0_0_e3d3a8eec086cbd37667bfa332e0e97c.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-martgacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibi joriy qilinadi.Shunga ko‘ra:- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo ko‘rinishida qayta sotish huquqisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotiladi;- buning uchun “O‘zmilliybank” AJ bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi;- marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi.2021 yil 1-apreldan boshlab:- zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi;- affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni sotishga ruxsat beriladi;- qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;- naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi BHMning 600 baravaridan oshmagan taqdirda mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish talab etilmaydi.- Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJga keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun 30 mln AQSh dollari ekvivalentida 7-yil muddatga, 3-yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida mablag‘ yo‘naltiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20200209/Salkam-yarim-kilo-zargarlik-buyumlarini-zbekistonga-olib-kirmochi-blgan-shakhs-ushlandi-13425654.html
https://oz.sputniknews.uz/20191105/O-kiyimga-yashirilgan-zargarlik-buyumlari-fosh-etildi-12734560.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/282/80/2828014_0:81:3499:2281_1920x0_80_0_0_7ea1ce4e79221bfbcc9b1d3cb80c1ced.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
Endi zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotish mumkin
“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-martgacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibi joriy qilinadi.
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo ko‘rinishida qayta sotish huquqisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotiladi;
- buning uchun “O‘zmilliybank” AJ bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi;
- marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi.
2021 yil 1-apreldan boshlab:
- zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi;
- affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni sotishga ruxsat beriladi;
- qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;
- naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi BHMning 600 baravaridan oshmagan taqdirda mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish talab etilmaydi.
- Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJga keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun 30 mln AQSh dollari ekvivalentida 7-yil muddatga, 3-yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida mablag‘ yo‘naltiriladi.