Toshkent metrosida yo‘lovchilar huquqlari buzilayotgani o‘rganilmoqda

Obuna bo‘lish
MQKQ huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent metrosida sodir bo‘layotgan hodisalarni yo‘lovchilarni tashish majburiyatlarining buzilishi deb atadi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi so‘nggi kunlarda Toshkent metrosida sodir bo‘layotgan holatlar yuzasidan munosabat bildirdi.
So‘ngi vaqtlarda poytaxt metropolitenida nosozliklar tez-tez uchrab turibdi. Xususan, mart oyida “Olmazor” (Chilonzor yo‘li) va “Bekat-1” (Sergeli yo‘li) orasidagi tunnelda ikki poyezd to‘qnashdi. Aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Kuni kecha esa poyezd tunnelda to‘xtab qolgani, yo‘lovchilar piyoda relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan holat qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Metroning Sergeli yo‘nalishi ishi to‘xtatilishiga nima sabab bo‘lgani aytildi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida yo‘lovchi tashishning asoslari belgilab qo‘yilganini eslatdi.
Jumladan:
shahar yo‘lovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish;
yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta’minlash.

“Ammo “poytaxt yer ostidagi” voqealar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat bermoqda”, - deyilgan xabarda.

Agentlik har bir yo‘lovchi iste’molchi ekani va uning haq-huquqlari “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan himoyalanishini qayd etgan. Natijada tashkilot yuqorida keltirilgan muammolarni o‘z nazoratiga olgan va metropoliten xizmatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0