“Xitoy – Markaziy Osiyo”: TIV rahbarlari dolzarb masalalarni muhokama qildi

© Ministerstvo inostrannix del Respubliki KazaxstanMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Siane prinyal uchastie vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate "Kitay – Sentralnaya Aziya".
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Siane prinyal uchastie vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate Kitay – Sentralnaya Aziya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Sian shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sian shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari qatnashdi.
Goroda mira. Shanxay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2021
“Xitoy-Markaziy Osiyo” TIV uchrashuvi: muhokama qilinadigan masalalar
Uchrashuvda o‘zaro ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi faol muloqot o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, barqaror ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ishlab chiqishga imkon yaratadi.
Transport va kommunikatsiya, savdo, investitsiya, energetika, bojxona, turizm va ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy qilishning zarurligi ta’kidlandi.
Infratuzilma va multimodal yuk tashish sharoitlarini yaxshilash, Markaziy Osiyoning global transport koridorlari tizimiga integratsiyalashuvi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodashego v Sindao Sammita ShOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
O‘zbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston TIV rahbari mazkur muloqot shakli doirasidagi sheriklarni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari hududlari, ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada ilgari surish o‘zaro manfaatli sheriklikning mavjud salohiyatini amalga oshirishning muhim faktorlaridan biri sifatida e’tirof etildi.
Vazirlar afg‘on muammosini hal qilishga qaratilgan tinchlik muzokaralari jarayonini ilgari surish masalalari bo‘yicha fikr almashdi, Afg‘onistondagi vaziyatning tez muddatlarda barqarorlashuvi va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga umumiy qiziqish bildirdi.
Tadbir yakunida “Xitoy – Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi shaklini tashkil etish to‘g‘risidagi Memorandum, Afg‘oniston bo‘yicha, COVID-19 bilan kurashishda hamkorlik qilish to‘g‘risida, Hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotlar qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0