AQShning Afg‘onistondan chiqishi va general Do‘stum qo‘zg‘oloni

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADARashid Dustum
Rashid Dustum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi mamlakatdan mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirib yubordi. Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari vaziyatni xavotir bilan kuzatishmoqda. Rossiya mojaroning barcha ishtirokchilaridan jangovar faollikni kamaytirishni so‘ramoqda.
AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining olib chiqishni boshlaganidan so‘ng Tolibon mamalakatning shimoliy hududlarida faol harakatlarni boshlab yubordi. Qobulda esa bir guruh “Islomiy davlat” vakillari qo‘lga olindi.
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan, afg‘onistonlik taniqli harbiy qo‘mondon, marshal Do‘stum tarafdorlari Farob viloyatida yangi tayinlangan gubernatorga qarshi norozilik namoyishlari boshlab yuborishdi. Uning samolyoti Maymene aeroportiga qo‘nishga ham imkon berilmadi. Minglab aholi va Afg‘oniston Islom xalq harakati partiyasining jangchilari aeroport va birnecha davlat muassasalarini bloklab qo‘yishdi.
Oqibatda, yangi gubeurnator Daud Lagmani Mudofaa vazirligi harbiy bazasi hududiga qo‘nishga va o‘sha yerdan turib “qamalda bo‘lgandek” ishlashga majbur bo‘lmoqda. Mahalliy aholining qarori qat’iy.
Rashid Do‘stum, Afg‘onistonda “uchinchi odam” hisoblanadi. Undan tashqari uning katta jangovar tajribasi va o‘ziga yarasha obro‘si hamda ko‘p sonli tarafdorlari ham bor.Uning prezident Ashraf G‘ani qaroriga bo‘y sunmasligi harbiy qo‘zg‘olonga o‘xshaydi va Qobulda ichki qarama-qarshilik ortib borayotganidan darak beradi. Do‘stumning o‘zi oldingi bosh vazir Abdulla Abdulla tarafdori edi.
Transportniy vertolet v gorax Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2019
General Do‘stum Afg‘oniston shimoliga keng ko‘lamli yurish boshladi
So‘nggi kunlarda qo‘shni davlatda terrorchilar hujumlari va tolibon va hukumat qo‘shinlari orasida to‘qnashuvlar soni ortib bormoqda. Yaqinda Qobulda 7 nafar “Islomiy davlat” vakillari ham qo‘lga olingan edi. Ular 50dan ortiq hujumlar uyushtirishda ayblanmoqda. Tez-tez bo‘layotgan jangovar harakatlar Afg‘oniston aholisi ommaviy ravishda mamlakatni tark etmoqda. Bu yerda tinchlik o‘rnatilishi qo‘shni mamlakatlar uchun ham yaxshi yangilik bo‘lardi.

Harbiy-siyosiy notinchlik

Farob provinsiyasi aholisi 21-may kuni mamlakat shimolida yangi federal hukumat tashkil qilish shiori bilan chiqdi. Ushbu hududda separatistik kayfiyatlar kuchaymoqda. Do‘stum vakili “Agar afg‘on hukumati Farob aholisining qonuniy talabiga javob bermasa, norozilik yanada kuchayadi”, - dedi. Ushbu norzilikka 6ta shimoliy va shimoli-sharqiy provinsiyalar qo‘shilishi mumkin.
Qobul tomonidan tayinlangan amaldorga mahalliy aholi qarshilik qilishi – tizimli muammolar borligidan darak beradi. Prezident Ashraf G‘ani va bosh vazir o‘rinbosari Abdulla Abdulla orasida raqobat kuchaymoqda. Davlat rahbariboshqa siyosatchilar bilan ham kelishuvga erisha olmayapti. Shu sababli ham Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoni uchun Oliy kengash (25 kishi) tuzishning iloji bo‘lmayapti. Ushbu kengashning vakolatlari ham hozircha to‘liq ishlab chiqilmagan. Tolibon ham muzokaralarda ishtirok etishni to‘xtatgan va qaytish evaziga 7 ming nafar asirga olingan jangarilarni ozod qilishni so‘ramoqda. Germaniyaning Shpigel nashriga bergan intervyusida Ashraf G‘ani bunga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Qobul 5000 nafar asirga olingan jangarilarni ozod qilgan edi. Ularning bir qismi jang maydonlariga qaytdi.
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Urushga taklifnomami?: Afg‘oniston MO davlatlariga "maxsus kuchlar do‘stligi"ni taklif qildi
Afg‘oniston hukumati 18-may kuni xorijiy qo‘shinlar davlatdan chiqib ketganidan so‘ng Tolibonga qarshi kurashni davom ettirishi mumkinligini xabar qilgan edi. Tolibon esa Afg‘onistonda Respublika o‘rniga islom amirligi qurishi mumkinligini ma’lum qilmoqda. Tinchlik o‘rnatish jarayoni ham “bir qadam oldinga ikkki qadam orqaga” tamoyili asosida ketmoqda. Vaziyat mantiqsiz va boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Ushbu “tinchlik o‘rnatish” jarayonida Qobul Pekin bilan munosabatlarni mustahkamlashga urinmoqda. Hatto Afg‘onistonda Xitoy harbiylari paydo bo‘lishiga shama qilmoqda. Yaqinda AIR va XXR orasida ushbu borada kelishuvga erishildi. Chin mamlakati tashqi ishlar vaziri Van.I. aytishiga ko‘ra, “Xitoyn Afg‘onistondagi barcha kuchlarni qo‘llab-quvvatlayd. imumkinolini
Chto kasayetsya rossiyskoy pozitsii, glava MID RF Sergey Lavrov vchera otmetil, chto Moskva gotova k lyubomu razvitiyu situatsii v Afganistane posle vivoda inostrannogo kontingenta, vklyuchaya "vsplesk boyevoy aktivnosti" v blijayshie mesasi.

Alyans “quyonnng rasmini chizmoqda”

AQSh Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi o‘tgan haftada Afg‘onistondan qo‘shinlarning 20% olib chiqilganini tasdiqladi. Evakuatsiya rejadan ildam ketmoqda va 11-sentabrdan oldinroq ham tugatilishi mumkin. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 21-may kuni Parijda Afg‘onistonda amalga oshirilgan “Qat’iy yordam” operatsiyasining yakunlarini e’lon qildi. “Harbiy yordam bosqichini yakunlar ekanmiz biz yangi basqichga o‘tdik” degan edi. Ushbu so‘zlarning ma’nosi nimada?
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
AQSh va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladi
NATO va Pentagon Afg‘onistonda eng faol bo‘lgan davrlarda (2010 – 2013) xorijiy askarlar soni 150 mingdan ortiq edi. Shu qadar ko‘p sonli harbiylar guruhi ham Tolibonni yo‘q qila olmadi. Munosabatlarning “yangi bosqichi” esa – hozircha faqat qog‘ozda. Uning budjeti ham hozircha ma’lum emas. NATO bundan buyon Afg‘onistonda uta yo‘nalish bo‘yicha yordam beradi:
Afg‘on xavfsizlik kuchlariga maslahat va moliyaviy ko‘mak berish;
Afg‘on maxsus kuchlariga harbiy ta’lim berish (xorijda);
Qobul aeroporti uchun texnologik va moliyaviy yordam.
Aytish joizki ushbu yordamning barcha turi bilan G‘arb mutaxassislari tomonidan Afg‘oniston ichida bo‘la turib bir necha yildan ko‘rsatilmoqda. Masofaviy yordam samarali bo‘lishi gumon. Xorijiy qo‘shinlar chiqib ketishi munosabati bilan Afstraliya 28-may kuni Afg‘onistondagi elchixonasini yopadi. Vaqtincha deyilgan, lekin bu holat ko‘proq qochib qolishni eslatadi.
Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish – ushbu hududda AQSh ta’siri yo‘qolishini anglatadi. Bu esa ularning tashqi siyosatiga zid. Axir ular ikki asosiy raqib – Rossiya va Xitoyga qarshi kurashmoqda. Chiqib ketib, lekin bir vaqtning o‘zida biror yaqinroq joyda qolishning iloji bo‘lmayapti. O‘zbekiston va Tojikiston AQSh uchun zahira aerodom bo‘lishni istamaydi. Turkmanistonning Qobul va Tolibon bilan munnosabatlari bir tekis, shu sababli ular o‘z hududidan AQShga joy berishni istamaydi.
Ministerstvo oboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2021
O‘zbekistonda xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish mumkin emas – Mudofaa vazirligi
Qozog‘iston va Qirg‘iziston – KXShT a’zosi va ushbu maqom kollektiv xavfsizlik shartnomasiga ko‘ra, qator cheklovlarga ega. Pozitsiya va obro‘y yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida AQSh faol ravishda hamkor qidirdi va Afg‘onistondan 1200 km uzoqlikda bo‘lgan Saudiya Arabistonidan joy topdi. Dunyo kuch marakazlarining “Yevroosiyoning ushbu chorrahasi”ga ta’sir o‘tkazish uchun kurashi yakunlanmagan ko‘rinadi.
* – Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0