https://oz.sputniknews.uz/20210525/andijon-prokuraturasi-yosh-kelinning-zorlanishiga-oid-xabarlar-yuzasidan-bayonot-berdi-18895582.html
Andijon prokuraturasi yosh kelinning zo‘rlanishiga oid xabarlar yuzasidan bayonot berdi
Andijon prokuraturasi yosh kelinning zo‘rlanishiga oid xabarlar yuzasidan bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyat prokuraturasi 5 oylik kelinchakning zo‘rlanishi bilan bog‘liq holat atrofida ketayotgan yolg‘on va vahimali xabarlarga munosabat bildirdi. 25.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-25T12:28+0500
2021-05-25T12:28+0500
2021-05-25T12:38+0500
jamiyat
prokuratura
andijon viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1178/80/11788078_8:0:1274:712_1920x0_80_0_0_0108515822824626dfaa650dcb8b8fee.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Andijon prokuraturasi internet ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlanishi bilan bog‘liq e’lon qilinayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.Unda aytilishicha, 13-may kuni fuqaro O.O.ni zo‘rlanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining malakali tergovchisi ish yurituviga o‘tkazilgan va tergov guruhi tuzilgan. Holat yuzasidan hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, videotasvirga olgan holda ko‘zdan kechirilgan va tergovga qadar tekshiruv davomida ishga aloqador bo‘lgan barcha ashyolar olingan.Tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi hamda gumon qilingan shaxslarning barchasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, olingan ashyolar bo‘yicha sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika va sudga oid mikrotola ekspertizalari tayinlangan. Shuningdek, ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslar guvoh tariqasida batafsil so‘roq qilinib, gumonlanuvchilarning shaxslari tezkor yo‘llar bilan o‘rganilgan.Jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash va zudlik bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tergov harakatlari bo‘yicha Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan yozma ko‘rsatma berilib, tergov harakatlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan."Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida olib borilishi, aybdor shaxslar doirasi to‘liq aniqlanib, ularga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanadi.Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoladi. Viloyat prokuraturasi aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hamda vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!”, - deyilgan bayonotda. Eslatib o‘tamiz, mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
https://oz.sputniknews.uz/20210517/andijonda-zorlangan-18-yoshli-kelin-voqeasi-senat-nazoratiga-olindi-18769482.html
https://oz.sputniknews.uz/20210517/andijonda-bir-guruh-erkak-yosh-kelinni-zorlaganlikda-gumon-qilinmoqda-18761271.html
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1178/80/11788078_166:0:1115:712_1920x0_80_0_0_78ba22ebd9df6577ffb922ed265caf54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prokuratura, andijon viloyati
jamiyat, prokuratura, andijon viloyati
Andijon prokuraturasi yosh kelinning zo‘rlanishiga oid xabarlar yuzasidan bayonot berdi
12:28 25.05.2021 (yangilandi: 12:38 25.05.2021) Andijon viloyat prokuraturasi 5 oylik kelinchakning zo‘rlanishi bilan bog‘liq holat atrofida ketayotgan yolg‘on va vahimali xabarlarga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Andijon prokuraturasi internet ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlanishi bilan bog‘liq e’lon qilinayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
Unda aytilishicha, 13-may kuni fuqaro O.O.ni zo‘rlanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining malakali tergovchisi ish yurituviga o‘tkazilgan va tergov guruhi tuzilgan.
Holat yuzasidan hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, videotasvirga olgan holda ko‘zdan kechirilgan va tergovga qadar tekshiruv davomida ishga aloqador bo‘lgan barcha ashyolar olingan.
Tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi hamda gumon qilingan shaxslarning barchasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, olingan ashyolar bo‘yicha sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika va sudga oid mikrotola ekspertizalari tayinlangan.
Shuningdek, ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslar guvoh tariqasida batafsil so‘roq qilinib, gumonlanuvchilarning shaxslari tezkor yo‘llar bilan o‘rganilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash va zudlik bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tergov harakatlari bo‘yicha Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan yozma ko‘rsatma berilib, tergov harakatlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
"Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida olib borilishi, aybdor shaxslar doirasi to‘liq aniqlanib, ularga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanadi.
Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoladi.
Viloyat prokuraturasi aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hamda vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!”, - deyilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.