Andijonda bir guruh erkak yosh kelinni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

© SS0 / Unsplash / Volkan OlmezDevushka, illyustrativnoe foto
Devushka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2021
Obuna bo‘lish
Andijonda 5 oylik kelinchak dala shiyponida bir guruh erkaklar tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda. Hozir jinoiy doirasida olti kishi gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak bir guruh erkaklar tomonidan zo‘rlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan ayrim tafsilotlarni ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, yosh kelinchak O.O. 13-may kuni 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni Andijon tumani Zaripak ko‘chasidagi "Qoraqalpoq" mahallasidagi dala shiyponida A. S. va O. M. kuch ishlatgan holda u bilan jinsiy aloqada bo‘lganini ma’lum qilgan.
Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa joyni ko‘zdan kechirgan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan ayollar ko‘ylagi va lozimi, ro‘mol, jemfer, yuz sochiq, ayollar ichki kiyimlari hamda bir bo‘lak oq latta daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan.
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
Senat termizlik zo‘rlangan o‘quvchi qiz ishini nazoratga oldi
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.
Jabrlanuvchining tushuntirish xatida bayon qilinishicha, u 13-may kuni turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanish uchun borgan. Soat 16:00 da bir o‘zi chaylada qolgan vaqtida o‘ziga tanish bo‘lgan A.S. mast holatda kelib, o‘zini va turmush o‘rtog‘ini tanishini aytib, ularning uyiga o‘tin olib borganligini ma’lum qiladi. So‘ngra uning egnida bo‘lgan ko‘ylak va lozimlarini yechib tashlab, 30 daqiqa davomida jinsiy aloqada bo‘ladi.
Shundan keyin A.S. o‘zining sheriklarini chaqirgan. Ular ham chayla ichiga kirib, jarblanuvchining qo‘llarini ushlab turgan. A.S. esa bir soat vaqt davomida jinsiy jinsiy aloqa qilgan. Shundan keyin O. M. ham chayla ichiga kirib, uni tovuq katagi ichiga olib kirgan. Ayolning qo‘llarini arqon yordamida bog‘lab, 30 daqiqa jinsiy aloqa qilgan.
Besh nafar fuqaro O.M, A.S, A.M., X.J. va B.A. o‘z ko‘rsatmalarida 13-may kuni soat taxminan 14:00 larda haqiqatdan ham “Qoraqolpoq” mahallasi Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala maydoni tomonga cho‘milish uchun borganlarini bildirishgan. Biroq shu kuni jarblanuvchi O.O.ni ko‘rmaganliklarini aytib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lganliklarini rad etishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Andijon tumanida istiqomat qiluvchi quyidagi olti kishi yuqoridagi jinoyatni sodir etganlkida gumon qilinmoqda:
O.M. (1990 y. t.), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan, haydovchi;
A.S. (1992), mavsumiy ishchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
A.M. (1984), haydovchi, oilali, 3 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
M.J. (1979), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
H.J. (1985), haydovchi, oilali, 4 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan;
B.A. (1990), haydovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, ilgari sudlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0