Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan "Yashil" taraqqiyot va 2030-yilga qadar global maqsadlar uchun sheriklik ikkinchi xalqaro sammitida nutq so‘zlaydi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Sammit videoanjuman shaklida 30-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan o‘tgan yili 30-oktabr kuni videoanjuman shaklida o‘tgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida so‘zlagan nutqida Koreyani mamlakatga raqamli va "yashil" texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri deb bilishini alohida ta’kidlagan edi.
V Tashkente postroyat Sentr obucheniya dlya roditeley doshkolnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
O‘zbekistonda Janubiy Koreya granti hisobidan 11 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi
Shuningdek, u O‘zbekiston kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan "Yashil" taraqqiyot va 2030-yilga qadar global maqsadlar uchun sheriklik xalqaro sammitida faol ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 28-yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda tomonlar bir qator muhim kelishuvlarga erishgan.
Yangiliklar lentasi
0