https://oz.sputniknews.uz/20210227/zbekistonda-Zhanubiy-Koreya-granti-isobidan-11-million-dollarlik-loyia-amalga-oshiriladi-16088802.html
O‘zbekistonda Janubiy Koreya granti hisobidan 11 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekistonda Janubiy Koreya granti hisobidan 11 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Koreys dasturi nafaqat bolalar bilan mashg‘ulotlarni, balki ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarni ham ta’minlaydi. 27.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-27T14:09+0500
2021-02-27T14:09+0500
2021-02-27T17:26+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1b/16089315_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_316bf295df8ef28175f7208092159e00.jpg
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak Sunjin xonim bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda MTV matbuot-xizmati.Uchrashuv davomida Toshkentda Kadrlarni qayta tayyorlash markazini ochish hamda shu markazning o‘zida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etish haqida kelishildi.Loyiha Koreya Respublikasining tashqi yordami (granti) hisobidan 11 million AQSh dollari miqdorida (taxminiy ravishda) 2021-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Kompleks markaz maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va metodistlarini o‘qitadi va malakasini oshiradi.Koreys dasturi nafaqat bolalar bilan mashg‘ulotlarni, balki ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarni ham ta’minlaydi."Biz maktabgacha ta’limga ko‘proq ota-onalarni jalb qilmoqchimiz, pandemiya vaqtida, maktabgacha yoshdagi bolalar vaqtincha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan paytda, ota-onalar o‘zlari mustaqil ravishda farzandlari bilan birgalikda ularning bilimini rivojlantirish, qobiliyatlarini aniqlash va yo‘naltirish kerakligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu markaz innovatsion raqamli klaster va eng yaxshi maktabgacha ta’lim loyihalaridan biri bo‘ladi degan umiddaman”, - dedi Agrippina Shin.Bundan tashqari, Markaz MTTlar uchun innovatsion o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv materiallarini ishlab chiqadi.Kompleks markazning qurilishi 2022-yilga mo‘ljallangan.
https://oz.sputniknews.uz/20161228/4499818.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1b/16089315_62:0:1199:853_1920x0_80_0_0_baa193f6791f5c3f76fc20722a6e0794.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda Janubiy Koreya granti hisobidan 11 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi
14:09 27.02.2021 (yangilandi: 17:26 27.02.2021) Koreys dasturi nafaqat bolalar bilan mashg‘ulotlarni, balki ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarni ham ta’minlaydi.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak Sunjin xonim bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda MTV matbuot-xizmati.
Uchrashuv davomida Toshkentda Kadrlarni qayta tayyorlash markazini ochish hamda shu markazning o‘zida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etish haqida kelishildi.
Loyiha Koreya Respublikasining tashqi yordami (granti) hisobidan 11 million AQSh dollari miqdorida (taxminiy ravishda) 2021-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Kompleks markaz maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va metodistlarini o‘qitadi va malakasini oshiradi.
Koreys dasturi nafaqat bolalar bilan mashg‘ulotlarni, balki ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarni ham ta’minlaydi.
"Biz maktabgacha ta’limga ko‘proq ota-onalarni jalb qilmoqchimiz, pandemiya vaqtida, maktabgacha yoshdagi bolalar vaqtincha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan paytda, ota-onalar o‘zlari mustaqil ravishda farzandlari bilan birgalikda ularning bilimini rivojlantirish, qobiliyatlarini aniqlash va yo‘naltirish kerakligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu markaz innovatsion raqamli klaster va eng yaxshi maktabgacha ta’lim loyihalaridan biri bo‘ladi degan umiddaman”, - dedi Agrippina Shin.
Bundan tashqari, Markaz MTTlar uchun innovatsion o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv materiallarini ishlab chiqadi.
Kompleks markazning qurilishi 2022-yilga mo‘ljallangan.