https://oz.sputniknews.uz/20210524/gullar-iforiga-burkangan-namangan-xalqaro-festivalning-yorqin-lahzalari--18872281.html
Gullar iforiga burkangan Namangan: xalqaro festivalning yorqin lahzalari
Gullar iforiga burkangan Namangan: xalqaro festivalning yorqin lahzalari
Sputnik O‘zbekiston
Namangan shahrida 60-Xalqaro gullar festivali boshlandi. Festival bir hafta davom etishi kutilmoqda. 24.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-24T10:27+0500
2021-05-24T10:27+0500
2021-05-24T12:50+0500
video
multimedia
namangan viloyati
xalqaro gullar festivali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/18/18876115_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_b466a9141cb77b11eef354ca88d93a4b.jpg
Festivalga Namangan bilan birodarlashgan xorijiy viloyatlar va shaharlar delegatsiyalari ham taklif etilgan. Gullar festivaliga 500 000 dan ziyod mehmonlar kelishi kutilmoqda.Bir hafta davomida mehmonlarni ajoyib va betakror tadbirlar kutib turibdi. Gullar avtoparadi va ko‘rgazmalari, gul yetishtirish va landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darslari, folklor ansambllari va o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, milliy hunarmadchilik va xalq amaliy san’ati asarlari namoyishi shular jumlasidan.Namangan xalqaro aeroporti oldida turfa xil gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq avtomashinalar karvoni shahar markazi tomon yo‘l oldi. Avtokarvonda zamonaviy va antikvar, oddiydan tortib maxsus texnikalarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Aeroport—Islom Karimov ko‘chasi—Temir yo‘l vokzali aylanmasi—Amir Temur—Nodim Namangoniy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadigan avtokarvon shahar markazidagi ochilish marosimi o‘tkaziladigan joygacha yetib keldi.Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov bu yil 60-yilga to‘lgan festival mintaqa uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.Festival tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarni ham hayratga soldi. Ularni turfa gullar, rang-barang chiqishlar, gullar avtoparadi maftun ayladi va ular o‘z hayratlarini yashirishmayapti. Festival yakunida tadbirda faol ishtirok etgan gulchilar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, avtomobillar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210523/namanganda-xalqaro-gullar-festivali-boshlanmoqda-18861486.html
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/18/18876115_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_e4aef15a055fea7d4642ec5d4e940cb7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, multimedia, namangan viloyati, xalqaro gullar festivali
video, multimedia, namangan viloyati, xalqaro gullar festivali
Gullar iforiga burkangan Namangan: xalqaro festivalning yorqin lahzalari
10:27 24.05.2021 (yangilandi: 12:50 24.05.2021) Namangan shahrida 60-Xalqaro gullar festivali boshlandi. Festival bir hafta davom etishi kutilmoqda.
Festivalga Namangan bilan birodarlashgan xorijiy viloyatlar va shaharlar delegatsiyalari ham taklif etilgan. Gullar festivaliga 500 000 dan ziyod mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Bir hafta davomida mehmonlarni ajoyib va betakror tadbirlar kutib turibdi. Gullar avtoparadi va ko‘rgazmalari, gul yetishtirish va landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darslari, folklor ansambllari va o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, milliy hunarmadchilik va xalq amaliy san’ati asarlari namoyishi shular jumlasidan.
Namangan xalqaro aeroporti oldida turfa xil gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq avtomashinalar karvoni shahar markazi tomon yo‘l oldi. Avtokarvonda zamonaviy va antikvar, oddiydan tortib maxsus texnikalarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Aeroport—Islom Karimov ko‘chasi—Temir yo‘l vokzali aylanmasi—Amir Temur—Nodim Namangoniy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadigan avtokarvon shahar markazidagi ochilish marosimi o‘tkaziladigan joygacha yetib keldi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov bu yil 60-yilga to‘lgan festival mintaqa uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
"Birinchidan, bu viloyatdagi tadbirkorlikni yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi. Birgina gul xo‘jaliklarida minglab kishilar mehnat qiladi va bu bilan o‘z oilalarini boqishadi. Boz ustiga bu mamlakatda turizmni rivojlashtirish uchun foydali. To‘g‘ri, hozir pandemiya tufayli og‘ir damlar, lekin, prezidentimiz aytganidek, biz bunday sharoitlarda yashashni o‘rganishimiz kerak, va, o‘ylaymanki, bu bunday hayot uchun yaxshi misoldir”, - dedi Abdurazzoqov.
Festival tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarni ham hayratga soldi. Ularni turfa gullar, rang-barang chiqishlar, gullar avtoparadi maftun ayladi va ular o‘z hayratlarini yashirishmayapti.
Festival yakunida tadbirda faol ishtirok etgan gulchilar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, avtomobillar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.