Namanganda Xalqaro gullar festivali boshlanmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFestival svetov v Namangane
Festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
Namangan xalqaro aeroporti oldida turfa xil gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq avtomashinalar karvoni shahar markazi tomon yo‘l oladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. 23—31 may kunlari Namangan shahrida 60-Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi. Festival boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Festivalga Namangan bilan birodarlashgan viloyatlar va shaharlar delegatsiyalari ham taklif etilgan. Ular qatorida Turkiyaning Isparta va Usmong‘ozi, Xitoyning Sindao, Janubiy Koreyaning Incheon, Belarusning Mogilov shaharlari, Pokistonning Panjob, Rossiyaning Chelyabinsk va Sverdlovsk, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatlari bor.
Bir hafta davomida mehmonlarni ajoyib va betakror tadbirlar kutib turibdi. Gullar avtoparadi va ko‘rgazmalari, gul yetishtirish va landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darslari, folklor ansambllari va o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, milliy hunarmadchilik va xalq amaliy san’ati asarlari namoyishi shular jumlasidan.
Festival yakunida tadbirda faol ishtirok etgan gulchilar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, avtomobillar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.
Festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2019
Gullar bayrami: Namanganda go‘zal tantana - video
23 may kuni soat 10:00 da Namangan xalqaro aeroporti oldida turfa xil gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq avtomashinalar karvoni shahar markazi tomon yo‘l oladi. Avtokarvonda zamonaviy va antikvar, oddiydan tortib maxsus tenikalargacha ko‘rish mumkin bo‘ladi. Aeroport—Islom Karimov ko‘chasi—Temir yo‘l vokzali aylanmasi—Amir Temur—Nodim Namangoniy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadigan avtokarvon shahar markazidagi ochilish marosimi o‘tkaziladigan joygacha yetib keladi.
Shundan so‘ng viloyat markazidagi Tinchlik maydonida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uni viloyat hokim Shavkatjon Abdurazzaqov ochib beradi va barcha ishtirokchilarni qutlab, nutq so‘zlaydi. El suygan san’atkorlarning badiiy chiqishlari namoyish etiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodniy festival svetov v Namangane
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
1/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodniy festival svetov v Namangane
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
2/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodniy festival svetov v Namangane
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
3/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodniy festival svetov v Namangane
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
4/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
5/9
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
6/9

7/9

8/9
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchastnik Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
Yuniy uchastnik Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
9/9
Uchastnik Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
1/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
2/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
3/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
4/9
Mejdunarodniy festival svetov v Namangane
5/9
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
6/9
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
7/9
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
8/9
Uchastniki Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
9/9
Uchastnik Mejdunarodnogo festivalya svetov v Namangane
Festivalni xalqaro miqyosda yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, festival o‘tadigan Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 3 mlrd 300 mln so‘mlik qurilish-montaj, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limining ma’muriy binosi, “Otalar choyxonasi”, 800 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, ochiq estrada maydoni, “Sokin hudud”, “Nasihat maydoni” barpo etildi.
165 ta tungi chiroq, 65 ta so‘ritokli o‘tirg‘ich o‘rnatildi. 9 ta ko‘cha bilan bog‘lovchi 9 ta darvoza qad rostladi. Mo‘’tadil havoni saqlab turuvchi fontanlar, 1,5. km ochiq suv tizimi, 3 ta yerosti drenaji qudug‘i ishga tushirildi. 1 gektarlik ko‘lda “Muzqaymoq orolchalari”, “Qayiqlar bekati”, xududda 48 ta attraksion barpo etildi. Shaxmat-shashka klubi maskani qad rostladi. 4 ta katta gulxona, 5 gektarlik maydonda 500 ga yaqin noyob manzarali daraxtlar parvarishi yo‘lga qo‘yildi. 100 dan ziyod korxona va tashkilotlar tomonidan 11 million tupdan ziyod noyob gul ko‘chatlari badiiy kompozitsiyali ravishda o‘tqazildi.
Festival tulpanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2019
"Namangan Flowers-2019": Namanganda misli ko‘rilmagan gullar paradi o‘tkaziladi
Gullar festivaliga 500 000 dan ziyod mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0