https://oz.sputniknews.uz/20210523/samarqand-buxoro-va-qoraqalpogistonda-pora-olmagan-iiv-xodimlari-ragbatlantirildi-18863064.html
Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pora olmagan IIV xodimlari rag‘batlantirildi
Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pora olmagan IIV xodimlari rag‘batlantirildi
Sputnik O‘zbekiston
500 dollardan 5 ming dollarga taklif qilingan porani olmagan IIB xodimlari rag‘batlantirildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar... 23.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-23T11:21+0500
2021-05-23T11:21+0500
2021-05-23T11:28+0500
hodisalar
qoraqalpog‘iston
samarqand viloyati
pora
ichki ishlar organi
buxoro viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_42894f4ddf1101ad677df78d82814088.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pora olmagan IIV xodimlari rag‘batlantirildi.Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, pora tariqasida taklif etilgan 2 ming dollarni olmagan Samarqand IIO Faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimi, kapitan U.Sarimovga 15 mln so‘m miqdorida pul mukofoti berildi. Shuningdek, xodimning ota-onasiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan. Xodimga porani cho‘ntagidan 2,16 gramm og‘irlikdagi marixuana aniqlangan fuqaro taklif qilgan. Buxoro IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi 10 mln so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan. Chunki u fuqaro taklif qilgan pora 500 dollarni olishdan bosh tortgan va bu haqda belgilangan tartibda xabar bergan.Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga pora olishdan bosh tortgani va bu haqda xabar bergani uchun pul mukofoti berilgan. Biroq mukofot tariqasida qancha pul berilgani ochiqlanmagan. Shuningdek, uning yaqin qarindoshiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan. Podpolkovnik Utemuratovga fuqaro unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudga yubormaslik evaziga 5 ming dollar pora taklif qilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 1000 dollar porani olmagan kadastr xodimiga 10 mln so‘m pul va sihatgohga 2 kishilik yo‘llanma berilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210516/hokim--orinbosari-soliq-inspektsiyasi-inspektorlari-mansabdorlar-pora-bilan-ushlandi-18747722.html
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_8ccae79d654fe0005f55fb9d132fbcf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , qoraqalpog‘iston, samarqand viloyati, pora, ichki ishlar organi, buxoro viloyati
hodisalar , qoraqalpog‘iston, samarqand viloyati, pora, ichki ishlar organi, buxoro viloyati
Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pora olmagan IIV xodimlari rag‘batlantirildi
11:21 23.05.2021 (yangilandi: 11:28 23.05.2021) 500 dollardan 5 ming dollarga taklif qilingan porani olmagan IIB xodimlari rag‘batlantirildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Samarqand, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pora olmagan IIV xodimlari rag‘batlantirildi.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, pora tariqasida taklif etilgan 2 ming dollarni olmagan Samarqand IIO Faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimi, kapitan U.Sarimovga 15 mln so‘m miqdorida pul mukofoti berildi. Shuningdek, xodimning ota-onasiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan. Xodimga porani cho‘ntagidan 2,16 gramm og‘irlikdagi marixuana aniqlangan fuqaro taklif qilgan.
Buxoro IIB matbuot xizmati bergan
ma’lumotga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi 10 mln so‘m pul mukofoti bilan
rag‘batlantirilgan. Chunki u fuqaro taklif qilgan pora 500 dollarni olishdan bosh tortgan va bu haqda belgilangan tartibda xabar bergan.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga pora olishdan bosh tortgani va bu haqda xabar bergani uchun pul
mukofoti berilgan. Biroq mukofot tariqasida qancha pul berilgani ochiqlanmagan. Shuningdek, uning yaqin qarindoshiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.
Podpolkovnik Utemuratovga fuqaro unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudga yubormaslik evaziga 5 ming dollar pora taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 1000 dollar porani olmagan kadastr xodimiga 10 mln so‘m pul va sihatgohga 2 kishilik yo‘llanma
berilgan edi.