Biz iqtisodlarimizning o‘zaro to‘ldirish xususiyatidan foydalanishimiz kerak - Lukashenko

© RTAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek Belorussiya rahbari YeOII ichida umumiy energiya manbaalari bozorini imkon qadar tezroq shakllantirish taklifi bilan chiqdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Iqtisodlarimizning o‘zaro to‘ldirish xususiyati YeOIIning tez va sifatli iqtisodiy progressini ta’aminlaydi, dedi Belarus rahbari 21-may kuni bo‘lib o‘tgan YeOII Oliy iqtisodiy kengashi majlisida.

Energiya manbaalari umumiy bozori

Ayni damda YeOIIda milliy valyutalarni qo‘llab-quvvatlash, hisob-kitoblar xavfsizligini ta’minlash – eng muhim vazifadir.
“Ushbu munosabat bilan biz YeOIIda umumiy to‘lov hududi tashkil etilishini, jumladan milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni stumulyatsiya qilishni – qo‘llab quvvatlaymiz”, - dedi Lukashenko.
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev YeOIIga a’zo-davlatlar o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi
YeOII davlatlari iqtisodi bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lgani tufayli, ushbu holat Ittifoqda sifatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin.
“Ushbu va oldin qabul qilingan maqsadlarga erishi uchun umumiy energiya manbaalari bozorini tashkillashtirishni faollashtirish kerak” – dedi Lukashenko.
Undan tashqari, Lukashenko YeOII ichki bozorida to‘siq va cheklovlarni bekor qilish tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Kollektiv G‘arb bosimi

Belarus yetakchisi ayni damda ushbu respublika G‘arbning kuchli bosimini his qilayotganini va ushbu muammo ertami kechmi YeOIIning barcha davlatlariga taaluqli bo‘lishini aytdi.
Lukashenko so‘zlariga ko‘ra, G‘arb cheklovlari birinchi navbatda savdo-sotiq, bank, moliya va ishlab chiqarish kooperatsiyasiga ta’sir qilmoqda.
“Kollektiv G‘arb bizning ittifoq mustahkamlanishini va dunyoda unga yangi raqib paydo bo‘lishini istamaydi. Bu aniq. Ushbu holatni nazarda tutgan holda, tashqi bosimning salbiy oqibatlariga qanday javob berishni, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va kerak bo‘lsa cheklov choralari joriy etishni oldindan o‘ylab qo‘yish kerak”, - dedi Belarus prezidenti.

YeOII: ichki va tashqi kooperatsiya

Belarus rahbariga ko‘ra, YeOII hududida ilmiy, texnik va sanoat kooperatsiyani kengaytirish kerak. Birgalikda keng ko‘lamli va imidjga ta’sir qiluvchi loyihalar ishlab chiqarish kerak. Bu borada YeOIIda yo‘lga qo‘yilgan kosmik sohada axborot almashish loyihasi – yaxshi misol.
Belarus rahbari YeOIIni dunyo integratsiya markaziga aylantirish hamda Xitoyning “Bitta belbog‘ bitta yo‘l” loyihasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s pervim prezidentom Respubliki Kazaxstan N. Nazarbayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
O‘zbekiston va YeOII
Yaqin vaqt ichida butun dunyo oziq-ovqat defitsitini his qiladi – Nazarbayev
“Bu sohada biz juda sekin harakatlanayapmiz. Aniq loyihalarni aniqlash amaliyotni oshirish kerak”, - dedi Lukashenko.
Xitoy bilan raqamli koridorlarni rivojlantirish, o‘z mahsulotlarini Xitoyga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish kerak.

YeOII oziq-ovqat xavfsizligi

Belarus rahbari BMT pandemiyaning boshida dunyoning ayrim hududlarida oziq-ovqat yetishmasligi muammosi paydo bo‘lishi mumkinligi haqida gapirganini esga oldi.
“Ushbu prognozlar amalga osha boshladi. Turli manbaalardan ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda yer sharida 500 mingga yaqin kishilar oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligini his qilmoqda”, - dedi Lukashenko.
Shu bilan birga Belarus rahbari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga murojaat qilib “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi” texnik reglamentni tezroq ishlab chiqishni so‘radi.
“Bu borada turli xavfli tendensiyalar bor. Biz esa bir yildan beri ushbu hujjat bilan ovoramiz. Ichki bozorda odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash bilan xalqaro maydonda ham foydadan qurur qolmasligimiz kerak” – dedi Lukashenko.
Shuningdek, Belarus rahbari YeOII bilan savdo sotiq aloqalarini o‘rnatishga urinayotgan davlatlar bilan tezroq bitimlar tuzish kerakligini ta’kidladi. Xususan, Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlar bilan.
Yangiliklar lentasi
0