https://oz.sputniknews.uz/20210519/ozbekiston-delegatsiyasi-qozonga-tashrif-buyurdi-18797738.html
O‘zbekiston delegatsiyasi Qozonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Qozonga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimlari hamda uy-joy qurilish vazirlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qozonga tashrif buyurdi. 19.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-19T11:05+0500
2021-05-19T11:05+0500
2021-05-19T12:03+0500
jamiyat
qozon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18797943_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_9e93701ab80dfae4f5cd49f0b417e0b4.jpg
TOShKENT, 19-may - Sputnik. May oyining 17-18 sanalarida O‘zbekiston delegatsiyasining Qozon shahriga tashrifi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Delegatsiya tarkibida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov va boshqa mutasaddilar bor edi. Tashrif doirasida mehmonlar Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov hamda Qozon meri Ilsur Metshin bilan uchrashishdi. Uchrashuvlar doirasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda shaharsozlik sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Delegatsiya, shuningdek, obodonlashtirish, jamoat transporti tizimi hamda Qozondagi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari bilan tanishdi. Xususan, Gorkinsko-Ometyevskiy o‘rmon bog‘ini, Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasini, "Oq gullar" bulvarini, "Uram" ekstremal bog‘ini, "Art Citi" uy-joy majmuasini, Nijniy Kaban ko‘lini Tataristonning ta’lim, sport va boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirishdi.Undan tashqari O‘zbekiston vakillari Qozon shahridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtirilgan “ETERNITY” Ay-Ti maktabi faoliyati, u yerdagi o‘qitish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu maktab raqamli iqtisodiyot uchun salohiyatli kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan. Toshkent viloyatida ham ana shunday maktablar ochish imkoniyati muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya vakillari Qozon Federal Universiteti rahbariyati bilan uchrashishdi. Muloqot chog‘ida ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtini Toshkent viloyatida ochish, o‘quv jarayonlariga Tataristonlik professor-o‘qituvchilarni jalb qilish haqida kelishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210518/ozbekiston-inson-huquqlari-delegatsiyasi-moskva-migratsiya-markazida-boldi-18791132.html
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18797943_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_86dd37981399404232d32343cb503298.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qozon
O‘zbekiston delegatsiyasi Qozonga tashrif buyurdi
11:05 19.05.2021 (yangilandi: 12:03 19.05.2021) Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimlari hamda uy-joy qurilish vazirlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qozonga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 19-may - Sputnik. May oyining 17-18 sanalarida O‘zbekiston delegatsiyasining Qozon shahriga tashrifi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Delegatsiya tarkibida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov va boshqa mutasaddilar bor edi.
Tashrif doirasida mehmonlar Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov hamda Qozon meri Ilsur Metshin bilan uchrashishdi. Uchrashuvlar doirasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda shaharsozlik sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Delegatsiya, shuningdek, obodonlashtirish, jamoat transporti tizimi hamda Qozondagi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari bilan tanishdi. Xususan, Gorkinsko-Ometyevskiy o‘rmon bog‘ini, Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasini, "Oq gullar" bulvarini, "Uram" ekstremal bog‘ini, "Art Citi" uy-joy majmuasini, Nijniy Kaban ko‘lini Tataristonning ta’lim, sport va boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirishdi.
Undan tashqari O‘zbekiston vakillari Qozon shahridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtirilgan “ETERNITY” Ay-Ti maktabi faoliyati, u yerdagi o‘qitish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu maktab raqamli iqtisodiyot uchun salohiyatli kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan. Toshkent viloyatida ham ana shunday maktablar ochish imkoniyati muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Qozon Federal Universiteti rahbariyati bilan uchrashishdi. Muloqot chog‘ida ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtini Toshkent viloyatida ochish, o‘quv jarayonlariga Tataristonlik professor-o‘qituvchilarni jalb qilish haqida kelishildi.