Rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayohat qilishlariga ikki omil to‘sqinlik qilmoqda – ekspert

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka o‘tishMedrese i minaret Islam Xodja
Medrese i minaret Islam Xodja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirishmoqda, ammo yaqin vaqt ichida emas.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning joriy yil yoz mavsumida O‘zbekistonga sayohat qilishlariga reyslar soni va chiptalar narxi xalal bermoqda. Bu haqda Rossiya turoperatorlari birlashmasi (ATOR) ijro etuvchi direktori Mayya Lomidze “Rossiya segodnya” matbuot markazidagi onlayn konferensiyada ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirishmoqda, ammo yaqin vaqt ichida emas. Respublikada dam olishga bo‘lgan talabni ikkita omil kamaytirmoqda.

“Bu mamlakatga bo‘lgan qiziqish katta. Hamma ham xavfsiz ekzotikani xohlaydi, lekin hozirgi O‘zbekistonga bo‘lgan reyslar soni va chiptalar narxi bu yo‘nalishdagi istiqbolni to‘xtatib qo‘ymoqda”, - deya tushuntirdi Lomidze.

Medrese Kukeldash i mechet Xodja Axrar Vali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
O‘zbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan
Rossiyalik ekspertning ta’kidlashicha, chiptalar narxi arzonroq bo‘lganda, O‘zbekiston 2021-yil yoz mavsumida turizm sohasida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lardi.
Yangiliklar lentasi
0