https://oz.sputniknews.uz/20210429/ozbekiston-joriy-yilda-17-mln-xorijiy-sayyohni-jalb-qilishni-rejalashtirgan-18547167.html
Oʻzbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan
Oʻzbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan
Prezident joriy yilda 1,7 mln xorijiy, 7,5 mln mahalliy sayyohlarni jalb qilish vazifasini topshirgan. 29.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-29T10:35+0500
2021-04-29T10:35+0500
2021-04-29T10:35+0500
turizm
sayyohlar
aziz abduhakimov
ichki turizm
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1000/96/10009650_0:21:3073:1749_1920x0_80_0_0_176d8137b05388e8ff33e7729abc2f5a.jpg
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Oʻzbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy, 7,5 mln mahalliy sayyohlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari”ga bagʻishlangan xalqaro davra suhbati chogʻida maʼlum qildi.Uning soʻzlariga koʻra, prezident turizm xizmatlari eksportini 370 mln dollarga yetkazish vazifasini ham topshirgan.“Qayd etish kerakki, bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid 784 ziyoratgoh, nasroniylik diniga oid 19 hamda buddaviylikka oid 8 madaniy meros obʼyekti mavjud. Bu imkoniyatdan foydalanib, joriy yilda 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 mln. dollarlik xizmatlar eksportini taʼminlash mumkin”, - dedi Aziz Abduhakimov.2021 yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, Mir Arab madrasasi tashkil etilganligining 500 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyaga tayyorgarlik ishlari, Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon tsivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasiga oid anjumanga tayyorgarlik ishlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.Eslatib oʻtamiz, prezidentning 2021 yilning 9 fevralidagi respublikada ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoni bilan qulay ichki va xalqaro ziyorat turizm muhitini yaratish koʻzda tutilgan. Mamlakat ziyorat turizm salohiyatini keng targʻib qilish, respublikaning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210330/turizm-sohasi-tez-orada-inqirozdan-chiqib-ketadi--aziz-abduhakimov--18027542.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1000/96/10009650_131:0:2862:2048_1920x0_80_0_0_4309b901799773b9fb889bb710033839.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sayyohlar, aziz abduhakimov, ichki turizm
sayyohlar, aziz abduhakimov, ichki turizm
Oʻzbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan
Prezident joriy yilda 1,7 mln xorijiy, 7,5 mln mahalliy sayyohlarni jalb qilish vazifasini topshirgan.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Oʻzbekiston
joriy yilda 1,7 mln xorijiy, 7,5 mln mahalliy sayyohlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari”ga bagʻishlangan xalqaro davra suhbati chogʻida
maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, prezident turizm xizmatlari eksportini 370 mln dollarga yetkazish vazifasini ham topshirgan.
“Qayd etish kerakki, bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid 784 ziyoratgoh, nasroniylik diniga oid 19 hamda buddaviylikka oid 8 madaniy meros obʼyekti mavjud. Bu imkoniyatdan foydalanib, joriy yilda 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 mln. dollarlik xizmatlar eksportini taʼminlash mumkin”, - dedi Aziz Abduhakimov.
2021 yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, Mir Arab madrasasi tashkil etilganligining 500 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyaga tayyorgarlik ishlari, Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon tsivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasiga oid anjumanga tayyorgarlik ishlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Eslatib oʻtamiz, prezidentning 2021 yilning 9 fevralidagi respublikada ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi
farmoni bilan qulay ichki va xalqaro ziyorat turizm muhitini yaratish koʻzda tutilgan. Mamlakat ziyorat turizm salohiyatini keng targʻib qilish, respublikaning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilingan.