Kasal bo‘lgandan ko‘ra, vaksina olgan yaxshi - virusolog

© Foto : iz lichnogo arxiva Anatoliya Alshteyn Anatoliy Alshteyn
Anatoliy Alshteyn  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Qanday qilib rossiyalik olimlar "Sputnik V" vaksinasini juda tez yaratishdi? Ushbu vaksina Britaniya va Janubiy Afrika shtammlariga qarshi foyda beradimi?
TOShKENT, 27 apr - Sputnik. Gamaleya nomidagi Miliy epidemiologiya va mikrobiologiya instituti bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn Sputnik V vaksinasi yaratilishi, koronavirusning qanday shtammlaridan himoya qilishi va emlangan odam ham niqob taqib yurishi nima uchun kerakligini aytib berdi.
Virusolog aytishiga qaraganda, bugungi kunda koronavirus ancha kuchsizlangan, lekin baribir hali xavfli. Aksariyat koronavirusga o‘rganib qoldi desak ham bo‘ladi. Shifokorlar esa kasallikni davolashni o‘rganishdi. 2020-yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi haqida e’lon qilganida vaziyat butunlay boshqacha edi – rivojlanayotgan davlatlarda juda ko‘p odamlar koronavirusdan vafot etayotgan, o‘lim koefitsenti – 10-15%ni tashkil qilayotgan edi. Hozir esa ushbu ko‘rsatgich 2%ni tashkil qilmoqda.
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
“Sputnik V” Turkiyada ham ishlab chiqariladi
Professor Alshteyn aytishiga qaraganda rossiyalik olimlar birinchi bo‘lib vaksina yaratishiga sabab, ularning aynan ana shunday vaksina yaratishda katta tajribaga ega bo‘lganliklari qo‘l kelgan.
“Mening hamkasabalarim shunga o‘xshash vaksina yaratish borasida katta tajribaga ega edilar. Covid-19 paydo bo‘lishiga qadar ular MERS - yaqin sharq koronavirusi sindromi virusiga qarshi vaksina yaratishgan edi. Ular vaksina tarkibiga qaysi oqsil va qaysi genlarni kiritishni, adenovirusni qanday tayyorlashni hamda vaksina dozasi va ketma-ketligini to‘g‘ri aniqlashgan edi. Natijada juda yaxshi vaksina yaratildi”- deyb hikoya qiladi Anatoliy Altshteyn.
Professor aytishiga ko‘ra, bu masalada Gamaleya institutiga xitoylik mutaxassislar juda katta yordam bergan. Xitoyda virusologiya juda kuchli rivojlangan ham ular birinchilardan bo‘lib ushbu virusga duch kelishgan va koronavirusni diagnostika uslublarini o‘ylab topishgan. Ular birinchi bo‘lib ushbu virusning genetik ketma-ketligini aniqlashgan “u yerda 30 mingga yaqin nukleotidlar bor” va bu butun dunyo olimlariga taqdim etildi.
Rossiyalik olimlar ham ushbu ma’lumotlarni olgan zamondan boshlab darhol vaksina yaratishga kirishishdi. 2020-yilning avgust oyida olimlar klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi klinik fazasini yakunlab, vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishdi.
“Spitnik V vaksinasining boshqa vaksinalardan muhim ustuvorlik jihati – u klinik sinovlarning uch bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Sinovlarning uchinchi bosqichi – eung murakkab hisoblanadi. Buning uchun 10 ming kishida sinov o‘tkazish kerak va ular orasida albatta “platsebo” guruhi bo‘lishi kerak. Faqat ushbu bosqich natijalariga ko‘ra vaksinaning naqadar samaradorligini aniqlash mumkin”, - deydi virusolog.
Natijada Gamaleya instituti vaksinasi shunchalik samarali bo‘lib chiqqan-ki, u hozir dunyoning turli nuqtalarida paydo bo‘layotgan koronavirusning yangii shtammlariga qarshi kurasha oladi. Anatoliy Alshteyn aytishiga ko‘ra, Sputnik V hozir ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan koronavirusning Janubiy Afrika shtammini ham yenga oladi. Rossiya vaksinasi, odamda odamga o‘tish xususiyati juda yaxshi bo‘lgan, Britanya shtammini ham yengib o‘tishi kerak, deb ishonch bildirdi mutaxassis.
Alohida irqlar va millatlar koronavirusga ko‘proq chalinishi, boshqalar kamroq chalinishi haqidagi gaplar – afsona bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Lekin Markaziy Osiyo davlatlarida koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlari haqiqatdan ham nisbatan kam uchramoqda. Lekin bu yerda vaksinatsiya masalasi ham murakkabroq.
Ukrainada kasallik xuddi Rossiyadagidek kechmoqda.
“Kasallik qanday kechishida odamlar orasida farq bor, lekin alohida irqlar yoki millatlar kasallikka ko‘proq yoki kamroq chalinayotgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q” – deydi professor.
Emlangan fuqarolar ham niqob va qo‘lqopda yurishi kerak va bungi ikkita sabab bor deydi professor.
Birinchidan – vaksinatsiya endi boshlangan va aksariyat fuqrolar hali emlanmagan.
Ikkinchidan esa, vaksinalangan fuqarolargan niqobsiz yurish imkoni berilsa, aksariyat jumladan emlanmaganlar ham niqobsiz yurishga o‘tadi va emlanganman deb turib oladi.
“Emlangan fuqarolar ham virusli, kasallikning og‘ir shakliga chalinishidan himoyalangan bo‘lsa-da, infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkin, boshqalarga yuqtirishi mumkin”, – deydi virusolog.
Altshteyn, aytishiga ko‘ra, hozir dunyoda Covid-19ning uchinchi jiddiy to‘lqini boshlanmoqda. Raqamlar bo‘yicha u ikkinchi to‘lqinga yaqinlashib qolgan. Rossiyada hozir o‘tgan yilning sentabrida boshlangan ikkinchi to‘lqin yakuniga yetmoqda. Kasallanganlar soni kamaymoqda.
Postavka 50 tisach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Toshkentga “Sputnik V” vaksinasining yana 50 ming dozasi keltirildi
“Bu hali kollektiv immunitet yetarli darajaga yetganini va bizda koronavirusning uchinchi to‘lqini bo‘lmasligini bildirmaydi. Rossiyada hozir aholining 5% emlangan. BIz dunyoda birinchi emasmiz, lekin shuning o‘zi ham yomon emas. AQShda vaksinatsiya borasida vaziyat bizdan ko‘ra yaxshiroq, Yevropada esa – yomonroq”, - deydi professor.
Rossiyada kollektiv immunitet paydo bo‘lishi uchun - hozir emlanish kerak. Navbatdagi to‘liqnni kutib turmasdan.
“Meni ayrimlarning ukoldan qo‘rqishi hayratga soladi – nina juda ingichka, chivin chaqqandek bo‘ladi xolos. Axir chivindan ko‘rqib qochib yurmaydiku odamlar. Vaksinaning salbiy ta’siri eca – hammaga ma’lum. Bir necha soatga tana harorati ko‘tarilishi mumkin xolos. Buni kasallik keltiradigan holatlar bilan solishtirib bo‘lmaydi”, - deydi professor Alshteyn.
Yangiliklar lentasi
0