https://oz.sputniknews.uz/20210518/milliy-standartlar-orniga-xalqaro-standartlar-joriy-etiladi---prezident-18772319.html
Milliy standartlar o‘rniga xalqaro standartlar joriy etiladi - prezident
Milliy standartlar o‘rniga xalqaro standartlar joriy etiladi - prezident
Sputnik O‘zbekiston
YeIning “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlardan keng foydalanish uchun korxonalarga xalqaro sertifikatlar olishda ko‘maklashish kerak, dedi prezident. 18.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-18T09:56+0500
2021-05-18T09:56+0500
2021-05-18T10:24+0500
iqtisod
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/12/18772409_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_7fd2f9f1f9fa5102eb5fa6109b4a1b57.jpg
TOShKENT, 18-may – Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilga qadar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashmagan 11 mingdan ortiq standarlar bekor qilinib, o‘rniga xalqaro stanldartlar joriy etiladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ko‘rsatmalar berildi. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 3400 tur mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa bilan birga muvofiqlik sertifikati ham talab etilmoqda. Shuningdek, import mahsulotlarini turli sinov va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida 60 kungacha vaqt ketmoqda. Vaholanki, Yevropada faqatgina 28 turdagi xavfi yuqori bo‘lgan mahsulot majburiy sertifikatlanadi, qolgan barcha turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanadi.Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida, dastlabki bosqichda 800 ga yaqin mahsulot turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanishi belgilandi.Buning uchun “O‘zstandart” agentligi tizimidagi 20 ta sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro darajada tashkil etib, birinchi navbatda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, yengil sanoat, gigiyena va parfumeriya mahsulotlari hamda qurilish materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashni yo‘lga qo‘yiladi. Undan tashqari, JST bitimlari normalaridan kelib chiqib, sanitariya va fitosanitariya sohalariga mas’ul idoralarning vakolatlarini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20170104/4535135.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/12/18772409_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_1f8a3d7666ab0a572c94422f91eef0ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yevropa ittifoqi
iqtisod, yevropa ittifoqi
Milliy standartlar o‘rniga xalqaro standartlar joriy etiladi - prezident
09:56 18.05.2021 (yangilandi: 10:24 18.05.2021) YeIning “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlardan keng foydalanish uchun korxonalarga xalqaro sertifikatlar olishda ko‘maklashish kerak, dedi prezident.
TOShKENT, 18-may – Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilga qadar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashmagan 11 mingdan ortiq standarlar bekor qilinib, o‘rniga xalqaro stanldartlar joriy etiladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda
ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 3400 tur mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa bilan birga muvofiqlik sertifikati ham talab etilmoqda.
Shuningdek, import mahsulotlarini turli sinov va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida 60 kungacha vaqt ketmoqda.
Vaholanki, Yevropada faqatgina 28 turdagi xavfi yuqori bo‘lgan mahsulot majburiy sertifikatlanadi, qolgan barcha turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanadi.
Ushbu munosabat bilan xalqaro talablar bilan uyg‘unlashmagan qolgan 11 mingta milliy standart o‘rniga xalqaro standartlarni qabul qilish hamda 2023-yildan barcha korxonalarni ushbu standartlarga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida, dastlabki bosqichda 800 ga yaqin mahsulot turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanishi belgilandi.
Buning uchun “O‘zstandart” agentligi tizimidagi 20 ta sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro darajada tashkil etib, birinchi navbatda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, yengil sanoat, gigiyena va parfumeriya mahsulotlari hamda qurilish materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashni yo‘lga qo‘yiladi.
Undan tashqari, JST bitimlari normalaridan kelib chiqib, sanitariya va fitosanitariya sohalariga mas’ul idoralarning vakolatlarini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.