O‘zbekistonda "Halol" mahsuloti davlatlararo standart loyihasi muhokamaga qo‘yildi

© Sputnik / Maxim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot
Rossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu loyiha keng muhokama qilish maqsadida "O‘zstandart" agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Davlatlararo standartlashtirish doirasida Belarusning Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi tomonidan "Halol" mahsuloti. Mahsulot, ishlab chiqarish, saqlash, transportda tashish, sotish va markirovkaga qo‘yiladigan talablar. Asosiy tushunchalar" davlatlararo standart loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi kunda ushbu davlatlararo standart loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqib, muhokama etilmoqda. Ushbu loyiha keng muhokama qilish maqsadida "O‘zstandart" agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi.

Saytda bildirilishicha, mazkur loyiha haqidagi takliflar va e’tirozlarni 2017-yilning yanvar oyi oxiriga qadar "O‘zstandart" agentligi "Axborot-ma’lumot markazi"ning quyidagi manziliga yuborish mumkin: Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi, Harakat tor ko‘cha.

Yangiliklar lentasi
0